Avtobenzin
va dizel yonilg’isi narxlari markazlashtirilgan holatda – O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan belgilanadi *.
Bugungi kunda ularning narxlarni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2011 yil 29 iyuldagi 223-sonli qaroriga muvofiq belgilangan:
Ai-80 avtobenzini – bir litri 1405 so’m
Ai-91 avtobenzini – bir litri 1570 so’m
A-92 avtobenzini – bir litri 1570 so’m
Ai-93 avtobenzini – bir litri 1570 so’m
Ai-95 avtobenzini – bir litri 1755 so’m
Dizel yonilg’isi – bir litri 1405 so’m
EKO Dizel yonilg’isi – bir litri 1465 so’m
*
Bu narxlar qat’iy belgilangan bo’lib, mazkur neft mahsulotlarini aholiga
sotishda qo’llaniladi.
Avtobenzin va dizel
yonilg’isini aholiga sotishda jismoniy shaxslardan iste’mol solig’i
chegirib qolinadiki, uning miqdori O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bugungi kunda bu soliq har bir litr
mahsulot uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011
yil 31 dekabrdagi 350 sonli qaroriga binoan 200 so’mni tashkil etadi
va natijada har litr neft mahsuloti jismoniy shaxslarga quyidagi narxlarda
sotiladi:
Ai-80 avtobenzini – bir litri 1605 so’m
Ai-91 avtobenzini – bir litri 1770 so’m
A-92 avtobenzini – bir litri 1770 so’m
Ai-93 avtobenzini – bir litri 1770 so’m
Ai-95 avtobenzini – bir litri 1955 so’m
Dizel yonilg’isi – bir litri 1605 so’m
EKO Dizel yonilg’isi – bir litri 1665 so’m
Hozirgi
kunda kompaniya zavodlarida ishlab chiqarilgan neft mahsulotlarining
asosiy turlari “O’zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” OAJ orqali
sotiladi. Narxlar haqidagi ma’lumotlarni “O’zbekiston Respublika tovar-xomashyo
birjasi” OAJ sayti - http://www.uzex.com
orqali yoki «Íîâîñòè UZ EX » davriy nashridan olish mumkin.
04.01.2012 y.
Muallif: Iqtisodiy tahlil, moliya va qimmatli qog’ozlar boshqarmasi