Reklama
Bog`lanishlar

O'zbekiston Hom ashiyo Birjasi

 


"O'zbekneftgaz" MHK

O'ztashqineftegaz

Farg'ona NQIZ

Buxoro NQIZ

Uzruberoid MChJ

 

Tashrif statistikasi

 


Xususiylashtirish

O`ZBÅKISTON RÅSPUBLIKASI PRÅZIDÅNTINING 20.07.2007 y. dagi PQ-672-son QARORI asosida "O`neftmahsulot" AKning cotuvga qo`yilgan korxona va ob`ektlarining ro`yxati

(01.12.2008 y. holati)

¹*
¹**
Obekt nomi, joylashgan joyi
Sotuvga qo'yilishi haqidagi DMQ buyrug'i sanasi va raqami
DMQ buyrug'iga binoan ob'ekt narxi, ming so'mda
DMQ buyrug'iga binoan ob'ekt narxi, AQSH dollari
Savdo turi
 
 
Qashqadaryo viloyati
 
 
 
 
I
 
"Qarshi neft bazasi" UK
 
 
 
 
1
5
Avtokemping "Jayhun", Qarshi tumani
3.12.07y. ¹74ê-ÀÊ
1257600 
auktsion
2
6
Qurilishi tugallanmagan Muborak neft bazasi, Muborak tumani
22.10.07 y. ¹ 59ê-ÀÊ
1654960,8 èíâ. îá. 570000
 
Tanlov savdosi
 
 
Namangan viloyati
 
 
 
 
II
 
"Uychi neft bazasi" UK
 
 
 
 
3
9
8-AYOQSH, Uchqo'rg'on tumani
28.09.06y. ¹10 ê-ÀÊ
91580,2
81462
auktsion
 
 
Samarqand viloyati
 
 
 
 
V
 
"Maroqand neft bazasi" UK
 
 
 
 
4
17
35-AYOQSH, Samarqand tumani
21.11.06 y. ¹ 27ê-ÀÊ
31435
-
auktsion
 
 
Surxondaryo viloyati
 
 
 
 
VI
 
"Termiz neft bazasi" UK
 
 
 
 
5
19
28-AYOQSH, Muzrabod tumani
 
1424800
 
 
 
 
Sirdaryo viloyati
 
 
 
 
VII
 
"Guliston neft bazasi" UK
 
 
 
 
6
20
Avtokemping, Guliston shahri
24.11.06y. ¹38ê-ÀÊ
917511,8
-
 
7
26
16-AYOQSH, Mirzaobod tumani
28.09.06 y. ¹10 ê-ÀÊ
40792,7
-
auktsion
8
23
2-AYOQSH, Guliston tumani
2.10.06 y. ¹15ê-ÀÊ
67370,9
54934
auktsion
9
25
20-AYOQSH, Mehnatobod tumani
28.09.06 y. ¹10 ê-ÀÊ
44637,3
-
auktsion
10
22
26-AYOQSH, Shirin shahri
28.09.06 y. ¹10 ê-ÀÊ
44353,4
-
auktsion
11
29
40-AYOQSH, Xovos tumani
28.09.06y. ¹10 ê-ÀÊ
55666
-
auktsion
12
21
6-AYOQSH, Oqoltin tumani
28.09.06 y. ¹10 ê-ÀÊ
22362,3
-
auktsion
13
24
2-AYOQSH filiali, Guliston tumani
2.10.06 y. ¹15ê-ÀÊ
36663,6
-
auktsion
 
 
Farg'ona viloyati
 
 
 
 
VIII
 
"Farg'ona neft bazasi" UK
 
 
 
 
14
26
"Yordon" dam olish zonasi, Farg'ona tumani
ÃÒÊ
45245,06
 
 
  
 
Toshkent shahri va Toshkent viloyait
  
 
 
 
IX
 
"Paxta neft bazasi" UK
 
 
 
 
15
25
"Neftchi" dam olish zonasi, Bo'stonliq tumani
ÃÒÊ
 
 
 
 
 
Xorazm viloyati
  
 
 
 
X
 
"Urgench neft bazasi" UK
 
 
 
 
16
34
"Sarimoy" Avtokempingi, Xazorasp tumani
02.12.02 y. ¹64 ê-ÀÊ
573587,9
764733
 
17
35
40-Moy almashtirish shahobchasi, Shovot tumani
27.09.06 y. ¹100Á
9363
 
birja savdosi
XI
 
Aktsionerlik jamiyatlari aktsiya paketlari
 
 
 
 
18
17
"O'zneftmahsulot" AK, Toshkent shahri
ÃÒÊ
 
 
 
19
13
"Neftta'minot" OAJ, Toshkent shahri
28.02.07 y. ¹ 26ê-ÀÊ
1016273
-
 
Xususiylashtirish rejasiga qo'shimcha ravishda ob'ektlar sotilishi
¹*
¹**
Obekt nomi, joylashgan joyi
Sotuvga qo'yilishi haqidagi DMQ buyrug'i sanasi va raqami
DMQ buyrug'iga binoan ob'ekt narxi, ming so'mda
DMQ buyrug'iga binoan ob'ekt narxi, AQSH dollari
Savdo turi
 
 
Andijon viloyati
 
 
 
 
I
 
"Gurunchmozor neft bazasi" UK
 
 
 
 
1
Neft baza Xonobod filiali, Xonobod tumani
3.12.07y. ¹71ê-ÀÊ
581555,2
-
Tanlov savdosi

Izoh:

*- tartib raqami;
**-
O`ZBÅKISTON RÅSPUBLIKASI PRÅZIDÅNTINING 20.07.2007 y. dagi PQ-672 son QARORIdagi tartib nomeri

Ma`lumot uchun telefon: (99871) 269-04-72

<<orqaga jadvalga

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
20.07.2007 y. N PQ-672

2007-2010 yillarda xususiylashtirish
jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va
xorijiy investitsiyalarni faol jalb
qilish chora-tadbirlari to’g’risida

Muhim strategik tarmoqlar korxonalarining ustav jamg’armalarida davlat ulushini keskin kamaytirish, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda xususiy mulkchilikning rolini oshirish, shuningdek ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, shu asosda sifatli, raqobatbardosh va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishni ta’minlash maqsadida:

1. Quyidagilar tasdiqlansin:
davlat aktivlari ochiq savdolarda xususiy mulk sifatida to’liq sotiladigan korxona va ob’ektlar ro’yxati, 1-ilovaga* muvofiq;
Davlat tender komissiyasining qaroriga asosan davlat aktsiyalari paketlari, jumladan nazorat paketlari ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, raqobatbardosh va eksportbop mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha aniq investitsiya majburiyatlarini olish sharti bilan ochiq savdolarda sotilishi lozim bo’lgan iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari aktsiyadorlik jamiyatlarining ro’yxati, 2-ilovaga* muvofiq;
barcha zarur muhandislik kommunikatsiyalariga ega, joylashtirilmagan davlat aktivlari aniq investitsiya loyihalari va yangi investorlar mablag’lari hisobidan to’liq moliyalash majburiyatlarini olish sharti bilan bepul berilishi lozim bo’lgan faoliyat ko’rsatmayotgan, samarasiz, shu jumladan qurilishi tugallanmagan korxona va ob’ektlar ro’yxati, 3-ilovaga* muvofiq.
Davlat tender komissiyasiga O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi ishtirokida 1-ilovaga kiritilgan korxona va ob’ektlarni xususiylashtirish natijalariga ko’ra, investorlar tomonidan aniq investitsiya majburiyatlarini olish sharti bilan ularni bepul sotish to’g’risida qaror qabul qilishga ruxsat etilsin.
O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi vazirliklar, idoralar, xo’jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda 1-3-ilovalarga kiritilgan korxonalar, ob’ektlar va boshqa davlat aktivlarini baholash, savdoga qo’yish va sotish jadvallarini tasdiqlasin hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlasin.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 1-2-ilovalarga kiritilgan korxonalarning avval xo’jalik boshqaruvi organlari (aktsiyadorlik va xolding kompaniyalari) ustav jamg’armalariga berilgan aktsiyalari davlat paketlarini sotishdan tushgan mablag’larni taqsimlash bo’yicha o’rnatilgan tartibda tegishli qaror qabul qilsin.

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 20 iyuldagi "Iqtisodiyotning strategik tarmoqlari korxonalarini xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi PF-3897-sonli Farmoniga muvofiq berilgan "oltin aktsiya"ni joriy etish bo’yicha huquqni paxtani qayta ishlash va yog’-moy sanoatining xususiylashtiriladigan korxonalariga, "Toshkent traktor zavodi" OAJga nisbatan qo’llash maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi ushbu qarorning 2-ilovasiga kiritilgan korxonalarni xususiylashtirishda aktsiyadorlik jamiyatlarini ("oltin aktsiya") boshqarishda davlatning ishtirok etishiga oid maxsus huquqni qo’llash maqsadga muvofiqligi to’g’risidagi takliflarni o’rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

3. Belgilansinki:
bepul berilgan davlat mulki ob’ektlari bo’yicha mulk huquqi to’g’risidagi davlat orderi investorlar o’z zimmasiga olgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni va (yoki) xizmatlar ko’rsatishni boshlashni ko’zda tutuvchi investitsiya majburiyatlarini bajarganidan so’ng beriladi;
investorlarning korxona va ob’ektlarni xususiylashtirishda o’z zimmasiga olgan investitsiya majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmagan taqdirda, tuzilgan oldi-sotdi shartnomalari o’rnatilgan tartibda bekor qilinadi va keyinchalik ular ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, raqobatbardosh, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko’rsatish bo’yicha aniq investitsiya majburiyatlarini olish sharti bilan yangi xususiy mulkdorlarga sotiladi.

4. Davlat aktivlarini investitsiya kiritish majburiyatlari bilan sotishda investorlar tomonidan erkin almashtiriladigan valyutada pul mablag’lari shaklida kiritiladigan investitsiyalari korxonalarning alohida hisob raqamiga o’tkazilishini va majburiy tarzda sotilmasligini ko’zda tutuvchi tartib joriy etilsin.
Bunda investitsiya majburiyatlari sifatida kiritiladigan mablag’ va mulk daromad (foyda), ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish hamda qo’shilgan qiymat soliqlariga tortilmaydi, shuningdek investitsiya davri mobaynida tuziladigan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq korxonaning oldingi qarzini qoplash hisob raqamiga majburiy tarzda undirib olinmaydi.

5. Davlat tender komissiyasi va O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasiga avval qabul qilingan xususiylashtirish dasturlariga muvofiq sotilgan va investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilmagani tufayli oldi-sotdi shartnomasi bekor qilingan davlat aktivlarini savdoga takroran qo’yishga ruxsat etilsin.

6. Vazirlar Mahkamasi (R.Azimov) mazkur qarorning 1 va 2-ilovalariga kiritilgan korxonalarni xususiylashtirish yakunlari bo’yicha aniq investitsiya majburiyatlari yuklangan holda (ularning davlat aktsiyalari paketi oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq ijro etilishi davrida) potentsial investorlarga sotilayotgan korxonalarning byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarzlarini restrukturizatsiya qilishni ko’rib chiqsin va ular yuzasidan qarorlar qabul qilsin.

7. O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan o’zgartish va qo’shimchalar to’g’risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 10 iyuldagi "2006-2008 yillarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish to’g’risida"gi PQ-407-sonli qarorining 1, 2 va 3-ilovalari o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.

9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoev zimmasiga yuklansin.


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov



"O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami", 2007 yil, 29-30-son, 300-modda.

<<orqaga jadvalga

Copyright by AK "O'zneftmahsulot"