Reklama
Bog`lanishlar

O'zbekiston Hom ashiyo Birjasi

 


"O'zbekneftgaz" MHK

O'ztashqineftegaz

Farg'ona NQIZ

Buxoro NQIZ

Uzruberoid MChJ

 

Tashrif statistikasi

 


Tuzilma

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI 21.08.2006 y. N PQ-446

  "O`ZBEKNEFTGAZ" MILLIY XOLDING KOMPANIYaSI FAOLIYaTINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO`G`RISIDA

Geologiya-qidiruv ishlarini prognozlash, uglevodorodlarni izlash, razvedka qilish, qazib chiqarishdan tortib ularni qayta ishlash va mahsulot sotishgacha bo`lgan ishlab chiqarish-texnologik siklining barcha bosqichlarida korxonalarning o`zaro bog`liq hamda maqsadga yo`naltirilgan ishlarini ta'minlovchi neftgaz kompleksini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, shuningdek yagona texnikaviy siyosatni olib borish va tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida:

1. O`zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo`mitasi, "O`zbekneftgaz" MXK hamda neftgaz tarmog`i kompaniyalari va korxonalari aktsiyadorlarining:

"O`zgeoburg`uneftgazqazibchiqarish" aktsiyadorlik kompaniyasini qayta tashkil etish hamda uning negizida "O`zgeoburg`uneftgaz" va "O`zneftgazqazibchiqarish" aktsiyadorlik kompaniyalari tashkil etishni;

"O`zneftgazqurilishinvest" aktsiyadorlik kompaniyasi tashkil etishni;

Sho`rtangaz-kimyo kompleksini "O`zneftgazqazibchiqarish" aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibiga o`tkazishni ;

"Ustyurt geofizikaekspeditsiyasi", "Amirobod geofizikaekspeditsiyasi", "Farg`ona geofizikaekspeditsiyasi" va "Buxoro geofizikaekspeditsiyasi" aktsiyadorlik jamiyatlari, shuningdek "Yakkabog`geofizika ekspeditsiyasi" unitar korxonasini "O`zbekgeofizika" OAJga qo`shishni;

"Avtogaz" aktsiyadorlik kompaniyasini "O`ztransgaz" AK ga qo`shish yo`li bilan uni "Avtogazsotish" sho`'ba korxonasiga aylantirishni;

"O`zbekneftgaz" MXK Boshqaruvchilar kengashini tashkil etish va xolding kompaniyasi Boshqaruvining funktsiyalari o`zgartirilishini nazarda tutgan "O`zbekneftgaz" MXKni tarkibiy qayta tashkil etish to`g`risidagi takliflariga rozilik berilsin.

2. Boshqaruv xodimlari cheklangan soni 72 birlikdan iborat bo`lgan "O`zbekneftgaz" Milliy xolding kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi hamda ijroiya apparati tuzilmasi 1 va 2- ilovalarga * muvofiq tasdiqlansin.

"O`zbekneftgaz" MXK Boshqaruvchilari kengashi Raisiga zarur hollarda xolding kompaniyasining ijroiya apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida o`zgartishlar kiritish huquqi berilsin.

Belgilansinki :

Boshqaruvchilar kengashi "O`zbekneftgaz" MXK faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi , tarmoqning rivojlanish strategiyasi va istiqbollarini belgilovchi, xolding kompaniyasining taktikasi va uning oldida turgan o`rta muddatli vazifalarni ishlab chiquvchi organ hisoblanadi;

xolding kompaniyasining ijroiya apparati ( Boshqaruvi ) Boshqaruvchilar kengashi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning kuzatilishi , nazorat qilinishi va ijroetilishini ta ' minlaydigan Boshqaruvchilar kengashining ishchi organi hisoblanadi;

xolding kompaniyasi boshqaruvi Raisi Boshqaruvchilar kengashi Raisining o`rinbosari hisoblanadi.

3. Quyidagilar belgilansin:

"O`zgeoburg`uneftgaz", "O`zneftgazqazibchiqarish", "O`zneftmahsulot", "O`ztransgaz","O`zneftgazqurilishinvest" va "O`zneftgazmash" aktsiyadorlik kompaniyalari "O`zbekneftgaz" MXKning alohida mulkka va mustaqil balansgaega bo`lgan yuridik shaxs shaklidagi sho`'ba korxonalari hisoblanadi;

"O`zbekneftgaz" MXK tarkibiga kiruvchi aktsiyadorlik kompaniyalari bosh direktorlari Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimlarga tasdiqlanadi, xolding kompaniyasi Boshqaruvchilar kengashining a'zolari hisoblanadi hamda maqomi, tibbiy va transport xizmati ko`rsatilishi bo`yicha vazirning birinchi o`rinbosarlariga, ularning o`rinbosarlariesa vazir o`rinbosarlariga tenglashtiriladi.

  4. Quyidagilar:

xodimlarning umumiy cheklangan soni 68 birlik , shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 45 birlikdan iborat bo`lgan "O`zgeoburg`uneftgaz" aktsiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasi va uning ijroiya apparati tuzilmasi 3 va 4- ilovalarga * muvofiq ;

xodimlarning umumiy cheklangan soni 86 birlik, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 60 birlikdan iborat bo`lgan "O`zneftgazqazibchiqarish" aktsiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasi va uning ijroiya apparati tuzilmasi 5 va 6-ilovalarga* muvofiq;

xodimlarning umumiy cheklangan soni 174 birlik, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 113 birlikdan iborat bo`lgan "O`zneftmahsulot" aktsiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasi va uning ijroiya apparati tuzilmasi 7 va 8-ilovalarga* muvofiq;

xodimlarning umumiy cheklangan soni 46 birlik, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 40 birlikdan iborat bo`lgan "O`zneftgazqurilishinvest" aktsiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasi va uning ijroiya apparati tuzilmasi 9 va 10-ilovalarga* muvofiq;

boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 8 birlikdan iborat bo`lgan "O`zneftgazmash" aktsiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasi va uning ijroiya apparati tuzilmasi 11 va 12- ilovalarga * muvofiq ma'qullansin .

  5. Quyidagilar belgilansin :

"O`zgeoburg`uneftgaz" AK va "O`zneftgazqazibchiqarish" AK "O`zgeoburg`uneftgazqazibchiqarish" aktsiyadorlik kompaniyasi tomonidan tegishli faoliyat yo`nalishlari bo`yicha tuzilgan shartnomalar va majburiyatlarning huquqiy vorislari hisoblanadilar ;

ta'sis etilayotgan "O`zneftgazqurilishinvest" aktsiyadorlik kompaniyasi "O`zbekneftgaz" MXK tomonidan tuzilgan shartnomalar va majburiyatlarning loyiha ishlarini o`tkazish va kapital qurilish qismi bo`yicha huquqiy voris hisoblanadi .

  6. O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - Vazirlar Mahkamasining yoqilg`i, energetika, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari bo`yicha kompleksi rahbari E.R.Shoismatov O`zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo`mitasi, "O`zbekneftgaz" MXK bilan birgalikda bir oy muddatda:

"O`zgeoburg`uneftgaz", "O`zneftgazqazibchiqarish", "O`zneftgazqurilish-invest" aktsiyadorlik kompaniyalarini ta'sis etish , ularning ustav jamg`armalari miqdorini belgilash, kompaniyalarning nizomlarini ro`yxatdan o`tkazish borasidagi barcha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin;

xolding kompaniyasi va "O`zbekneftgaz" MXK tarkibiga kiruvchi aktsiyadorlik kompaniyalari ijroiya apparatlarining tuzilmalari ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini va ular yuqori malakali mutaxassislar bilan to`ldirilishini ta'minlasin.

  7. "O`zbekneftgaz" MXK, "O`zgeoburg`uneftgaz", "O`zneftgazqazibchiqarish", "O`zneftmahsulot", "O`ztransgaz" va "O`zneftgazqurilishinvest" aktsiyadorlik kompaniyalari, "O`zbekgeofizika" OAJ va "Andijonneft" OAJemissiya prospektlarini ro`yxatdan o`tkazish uchun yig ` im to`lashdan ozod qilinsin.

  8. Ijroiya apparatlari quyidagi manzillarga joylashtirilsin:

"O`zneftgazqazibchiqarish" AK - Toshkent shahri , Amir Temur ko`chasi 66-uy ;

"O`zgeoburg`uneftgaz" AK - Qarshi shahri , Mustaqillik ko`chasi 35-uy ;

"O`zneftgazqurilishinvest " AK - Toshkent shahri , Muqimiy ko`chasi 98-uy.

9. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, "O`zbekneftgaz" MXK manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kеlib chiqadigan o`zgartish va qo`shimchalar to`g`risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov

-----------------------------------

"O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami", 2006 yil, 34-35-son, 341-modda.

 

Copyright by AK "O'zneftmahsulot"