Reklama
Bog`lanishlar

O'zbekiston Hom ashiyo Birjasi

 


"O'zbekneftgaz" MHK

O'ztashqineftegaz

Farg'ona NQIZ

Buxoro NQIZ

Uzruberoid MChJ

 

Tashrif statistikasi

 


Normativ hujjatlar

2011 yil O’zbekiston Respublikasida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e’lon qilinganligi
munosabati bilan: Neft mahsulotlarini balansi marketingi va sotish boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qilad
i.


“O’zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan kichik va o’rta biznes sube’ktlariga neft mahsulotlarini yetkazib berish bo’yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

1.Davlat buyurtmasini (paxta-g’alla) bajaruvchi fermer xo’jaliklari korxonalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2003 yil 19 maydagi 225 sonli qaroriga asosan, to’g’ridan-to’g’ri oldindan
60 % pul to’lovlarini amalga oshirganidan so’ng, belgilangan limitlar doirasida neft mahsulotlari yetkazib beriladi.

Shartnomani yuklash

2. Qolgan iste’molchilar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to’g’risidagi” 2004 yil 5 fevraldagi 57 – sonli qaroriga muvofiq, neft mahsulotlari respublika iste’molchilariga neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqarilayotgan manbalar hisobidan Respublika tovar xom ashyo birjasida ochiq turdagi kim oshdi savdolari orqali harid qilinganlaridan so’ng, manbalardan kelib chiqib, o’rnatilgan tartibda yetkazib berilishini ma’lum qiladi.

O’ZR VM 2003 yil 9 iyuldagi 310 QARORI

O’ZR VM 2003 yil 28 iyndagi 289 QARORI

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI
09.07.2003 y.
N 310

NEFT, GAZ HAMDA GAZ KONDENSATINI QAZIB ChIQARISh, QAYTA IShLASh VA SOTISh, MAGISTRAL GAZ QUVURLARI, NEFT QUVURLARI VA NEFT MAHSULOTLARI QUVURLARINI
LOYIHALAShTIRISh, QURISh, ULARDAN FOYDALANISh VA ULARNI TA’MIRLASh BO’YIChA FAOLIYaTNI LITSENZIYaLASh TO’G’RISIDA

Mazkur Qarorga quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan
O’zR VM 10.07.2004 y. 323-son Qarori,
O’zR VM 26.07.2004 y. 358-son Qarori,
O’zR VM 22.02.2005 y. 73-son Qarori,
O’zR VM 22.05.2006 y. 92-son Qarori,
O’zR VM 11.05.2007 y. 96-son Qarori

"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Quyidagilar:
Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash to’g’risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash to’g’risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo’yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Komissiya:
ikki hafta muddatda Komissiya to’g’risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ikki oy muddatda mazkur qaror kuchga kirgunga qadar berilgan litsenziyalarni xatlovdan o’tkazsin, ularning amal qilish muddati Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo’yicha faoliyatni litsenziyalash to’g’risidagi nizomlarga muvofiqlashtirilishini hamda litsenziatlar bilan litsenziya bitimlari tuzilishini ta’minlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari K.N.To’laganov zimmasiga yuklansin.


O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O’.Sultonov


Vazirlar Mahkamasining
2003 yil 9 iyuldagi
310 - son qaroriga
1-ILOVA

Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish,
qayta ishlash va sotish bo’yicha faoliyatni
litsenziyalash to’g’risida
NIZOM

Mazkur Nizomga quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan
O’zR VM 10.07.2004 y. 323-son Qarori,
O’zR VM 22.02.2005 y. 73-son Qarori,
O’zR VM 22.05.2006 y. 92-son Qarori,
O’zR VM 11.05.2007 y. 96-son Qarori

I. Umumiy qoidalar
II. Litsenziya talablari va shartlari
III. Litsenziya olish uchun zarur bo’lgan hujjatlar
IV. Arizalarni ko’rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilish
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
VII. Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish, to’xtatish, litsenziyani bekor qilish
VIII. Litsenziyalar reestri
Ilova. Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash Sxemasi

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizom neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi.

2. Neft, gaz (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi) hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo’yicha faoliyat litsenziyalanishi kerak.

3. Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo’yicha faoliyat faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

4. Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo’yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.

5. Litsenziyalarni berish va bekor qilish, ularning amal qilishini to’xtatib turish, to’xtatish yoki muddatini uzaytirish to’g’risidagi qarorlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo’yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi (keyingi o’rinlarda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Komissiya faoliyati Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
Hujjatlarni qabul qilish, ular bo’yicha ekspert xulosalari tayyorlash, litsenziyalarni berish, litsenziya bitimi tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish uchun Komissiya huzurida "O’zdavneftgazinspektsiya", "O’zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi hamda davlat boshqaruvi boshqa organlari mutaxassislaridan iborat tarkibda ishchi guruh (keyingi o’rinlarda ishchi guruh deb yuritiladi) tuziladi.

6. Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo’yicha faoliyatni amalga oshirishga litsenziya 5 yil muddatga beriladi. (O’zR VM 22.05.2006 y. 92-son Qarori taxriridagi band)

7. Litsenziya talabgorining arizasiga ko’ra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning bir qismiga berilishi mumkin.

II. LITSENZIYa TALABLARI VA ShARTLARI

8. Quyidagilar neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo’yicha faoliyatni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) litsenziat tomonidan neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish sohasidagi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, shuningdek amaldagi ekologiya, sanitariya, metrologiya, yong’indan saqlash va texnik normalar, normativlar va qoidalarga rioya etish;
b) yuridik shaxs shtatida litsenziyada ko’rsatilgan faoliyat turi bo’yicha tegishli ma’lumotga va kamida uch yil ish stajiga ega bo’lgan rahbar va injener-texnik xodimlarning, shuningdek maxsus tayyorgarlikdan o’tgan xizmat ko’rsatuvchi texnik xodimlarning mavjud bo’lishi;
v) qazib olinadigan va sotiladigan mahsulot turlariga sifat sertifikatining mavjudligi va ularning amalda sifat sertifikatiga muvofiqligi;
g) faoliyatning litsenziyalanayotgan aniq turini amalga oshirish, shu jumladan tegishli moddiy-texnika bazasidan, neft omboridan va yonilg’i quyish asbob-uskunalaridan, boshqa texnika vositalaridan foydalanish uchun sharoitlarning yaratilganligi;
d) litsenziat tomonidan davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlardan foydalanish bilan bog’liq ishlar bajarilgan taqdirda rejim organining mavjudligi;
e) litsenziya talabgoriga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli bo’lgan, litsenziyalanadigan faoliyat turini amaldagi normalar va qoidalar talablariga muvofiq to’liq hajmda bajarish uchun zarur bo’lgan moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, qurilish mashinalari, mexanizmlar va transport, asboblar, energetika qurilmalari, nazorat va o’lchov vositalari, tashkiliy texnika, kompyuterlar) mavjud bo’lishi.

9. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 8-bandida sanab o’tilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.

10. Rahbarlarga, xodimlarga, moddiy-texnik bazaga, asbob-uskunalarga va neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo’yicha faoliyatning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan boshqa texnika vositalariga minimal talablar Komissiya tomonidan belgilanadi.

III. LITSENZIYa OLISh UChUN
ZARUR BO’LGAN HUJJATLAR

11. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqamining nomeri, litsenziya berish to’g’risida faoliyatning (yoxud uning bir qismining) litsenziyalanadigan turi ko’rsatilgan holdagi ariza; (O’zR VM 22.05.2006 y. 92-son Qarori taxriridagi kichik band)
b) yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
v) litsenziya berish to’g’risidagi arizaning litsenziyalovchi organ tomonidan ko’rib chiqilganligi uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi hujjat;
g) litsenziya talabgori xodimlarining litsenziya talablari va shartlariga muvofiq keluvchi malakaga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi, shu jumladan shtatdagi xodimlarning egallab turgan lavozimlari, ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi, mutxassisligi bo’yicha ish staji ko’rsatilgan ro’yxati;
d) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan binolar, xonalar, qurilish mashinalari, mexanizmlar va transport, asboblar, elektr qurilmalari, nazorat va o’lchov vositalari, tashkiliy texnika, kompyuterlarga egalik huquqining yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
e) O’zbekiston Respublikasi "Sanoatkontexnazorat" davlat inspektsiyasining litsenziya talabgori moddiy-texnika bazasining mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga oid qonun hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek xodimlarning bilimlari tekshirilganligi to’g’risidagi xulosasi; (O’zR VM 10.07.2004 y. 323-son Qarori taxriridagi kichik band)
j) "O’zdavneftgazinspektsiya"ning o’rnatilgan texnologiya jarayonlarining va texnologiya asbob-uskunalari ahvolining amaldagi normalar va qoidalarga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi;
z) Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi organlarining moddiy-texnika bazasi va ishlarni amalga oshirish texnologiyasining tabiatni muhofaza qilish va ekologiya talablariga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi;
i) O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yong’in nazorati organlarining texnika bazasining va xodimlarning yong’indan saqlash talablariga muvofiqligi va tayyorlanganligi to’g’risidagi xulosasi;
k) "O’zstandart" agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tomonidan beriladigan metrologik ta’minot to’g’risidagi xulosasi.

12. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo’l qo’yilmaydi.

13. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi to’g’risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.

14. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar Komissiya huzuridagi ishchi guruh rahbari tomonidan ro’yxat bo’yicha qabul qilinadi, ro’yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to’g’risida belgi qo’yilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi). Ishchi guruh rahbari vaqtincha bo’lmagan taqdirda uning funktsiyalarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilg’i-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan belgilangan tartibda belgilanadigan shaxs bajaradi. (O’zR VM 11.05.2007 y. 96-son Qarori taxriridagi band), (Oldingi taxririga qarang)

15. Litsenziya berish to’g’risidagi arizaning ko’rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig’im undiriladi.
Litsenziya berish yuzasidan hujjatlarning ko’rib chiqilganligi uchun yig’im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o’tkaziladi.
Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to’langan yig’im qaytarilmaydi.

IV. ARIZALARNI KO’RIB ChIQISh VA LITSENZIYa
BERISh YoKI LITSENZIYa BERIShNI RAD ETISh
TO’G’RISIDA QAROR QABUL QILISh

16. Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilish uchun hujjatlarni ko’rib chiqish muddati litsenziya olishga ariza va barcha zarur hujjatlar tushgan kundan boshlab o’ttiz kunni tashkil qiladi.

17. Ishchi guruh ariza olingan kundan boshlab o’n besh kundan ortiq bo’lmagan muddatda hujjatlarni ko’rib chiqadi, ular yuzasidan ekspert xulosa tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risidagi taklifni qaror protokolining tegishli loyihasi bilan birga Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya ishchi guruh taklifi olingandan keyin o’n besh kundan ortiq bo’lmagan muddatda uni ko’rib chiqadi va qabul qilingan qaror to’g’risidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o’rinbosari) tomonidan imzolanadi. Zarur hollarda Komissiya qarori so’rov yo’li bilan qabul qilinishi mumkin.

18. Ishchi guruh litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to’g’risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to’g’risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to’lash muddati ko’rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).

19. Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ hamda litsenziat o’rtasida tuziladi va unda quyidagilar bo’lishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziatga qo’yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi;
neft, gaz (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi) hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo’yicha faoliyat xususiyatlariga taalluqli boshqa shartlar.
Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya bitimi ishchi guruh rahbari tomonidan imzolanadi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada - litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.

20. Litsenziya belgilangan shakldagi blankalarda ishchi guruh tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning o’rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo’ladi.
Litsenziyalar blankalarini tayyorlash, ularni hisobga olish, saqlash va rasmiylashtirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 2 maydagi 200-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

21. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining o’n baravari miqdorida davlat boji to’langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Davlat boji summasi davlat byudjetiga o’tkaziladi.

22. Agar litsenziat litsenziya berish to’g’risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish to’g’risida qaror qabul qilishga haqlidir.

23. Litsenziya berish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo’yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi to’g’risidagi qaror, shuningdek ishchi guruh mansabdor shaxsining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.

24. Litsenziya berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to’g’risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko’rsatib o’tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko’rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo’lgan muddat ko’rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).

25. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etish uchun asos bo’lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko’rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o’n kundan ortiq bo’lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda ishchi guruh hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin olti kun mobaynida ular yuzasidan ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risidagi taklifni qaror protokolining tegishli loyihasi bilan birgalikda Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya ishchi guruh taklifi olingandan keyin to’rt kun muddatda uni ko’rib chiqadi va qabul qilingan qaror to’g’risidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o’rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran ko’rib chiqilganligi uchun yig’im undirilmaydi.
Litsenziya berish rad etilganligi to’g’risidagi bildirishnomada ko’rsatilgan muddat o’tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

V. LITSENZIYaNI QAYTA RASMIYLAShTIRISh,
UNING AMAL QILISh MUDDATINI UZAYTIRISh,
DUBLIKAT BERISh

26. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o’zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro’yxatdan o’tkazilgandan keyin bir hafta muddatda ishchi guruhga ko’rsatib o’tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to’g’risida ariza berishi shart.

27. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko’rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.

28. Ishchi guruh litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reestriga tegishli o’zgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish ishchi guruh tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish to’g’risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to’g’risidagi arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lanadigan summaning yarmi miqdorida yig’im undiriladi.

29. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko’ra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to’g’risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o’tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni uzaytirishni rad etish to’g’risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.

30. Amal qilish muddati o’tmagan yo’qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o’rniga litsenziatning arizasiga ko’ra uning dublikati berilishi mumkin.
Litsenziya dublikati berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to’g’risidagi arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lanadigan summaning yarmi miqdorida yig’im undiriladi.

VI. LITSENZIYa TALABLARI VA ShARTLARIGA
RIOYa ETILIShINI NAZORAT QILISh

31. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ishchi guruh:
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo’lgan taqdirda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog’ida paydo bo’ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so’raydi va oladi;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko’rsatgan holda dalolatnomalar tuzadi;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
Komissiyaga litsenziyaning amal qilishini to’xtatish yoki bekor qilish to’g’risidagi qarorni ko’rib chiqish uchun kiritadi.
Davlat nazorat organlari, shuningdek davlat hokimiyati boshqa organlari o’z vakolatlari doirasida, litsenziya talablari va shartlari buzilishlari aniqlanganda litsenziyalovchi organga aniqlangan buzilishlar va ko’rilgan chora-tadbirlar to’g’risida xabar qilishi kerak.

32. Ishchi guruh litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda davlatning tegishli boshqaruv va nazorat organlari mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega. Tekshirishlar natijalari bo’yicha ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.

VII. LITSENZIYaNING AMAL QILIShINI TO’XTATIB TURISh, TO’XTATISh,
LITSENZIYaNI BEKOR QILISh

33. Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish va to’xtatish, litsenziyani bekor qilish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22-24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko’ra amalga oshiriladi.

34. Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish va to’xtatish, litsenziyani bekor qilish to’g’risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko’rgan zarar miqdorida javob beradi.

VIII. LITSENZIYaLAR REESTRI

35. Litsenziyalovchi organ belgilangan tartibda litsenziyalar reestrini yuritadi.

36. Litsenziyalar reestrida quyidagilar ko’rsatilishi kerak:
a) litsenziatlar to’g’risidagi asosiy ma’lumotlar: yuridik shaxsning to’liq va qisqartirilgan nomi, uning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar (ro’yxatdan o’tkazish sanasi, davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning berilgan sanasi va tartib raqami), pochta manzili, telefoni va faksi raqami, elektron pochtasi manzili;
b) litsenziyalanayotgan faoliyat turi;
v) litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
g) litsenziyalarning amal qilish muddati;
d) litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini to’xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
e) litsenziyalarning amal qilishini to’xtatish asoslari va sanasi;
j) litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi.

37. Litsenziyalar reestridagi mavjud ma’lumot manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning u bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi va yozma so’rov bo’yicha hamda so’rov haqi to’lagani to’g’risidagi hujjat taqdim etilgan taqdirda aniq litsenziatlar haqidagi ma’lumot reestrdan ko’chirma tarzida uch kun muddatda beriladi.

38. Bitta litsenziat to’g’risida reestrdan ma’lumot berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bitta eng kam oylik ish haqi miqdorida to’lov undiriladi.
Litsenziyalar reestridan ma’lumotlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga tekin beriladi.

39. Reestrdan ma’lumotlar berilgani uchun yig’im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o’tkaziladi.

Vazirlar Mahkamasining
2003 yil 9 iyuldagi
310 - son qaroriga
2-ILOVA

Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va
neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish,
qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash
faoliyatini litsenziyalash to’g’risida
NIZOM

Mazkur Nizomga quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan
O’zR VM 10.07.2004 y. 323-son Qarori,
O’zR VM 22.02.2005 y. 73-son Qarori,
O’zR VM 22.05.2006 y. 92-son Qarori,
O’zR VM 11.05.2007 y. 96-son Qarori


I. Umumiy qoidalar
II. Litsenziya talablari va shartlari
III. Litsenziya olish uchun zarur bo’lgan hujjatlar
IV. Litsenziya berish to’g’risida qaror qabul qilish tartibi
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal
qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini
nazorat qilish
VII. Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish,
to’xtatish, litsenziyani bekor qilish
VIII. Litsenziyalar reestri
1-ilova. Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va
neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish,
qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash
faoliyatiga tegishli ish turlari Ro’yxati
2-ilova. Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va
neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish,
qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash
faoliyatini litsenziyalash Sxemasi


I. UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizom magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq ishlar turlarini o’z ichiga oladi.

2. Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

3. Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.

4. Litsenziyalarni berish va bekor qilish, ularning amal qilishini to’xtatib turish, to’xtatish yoki muddatini uzaytirish to’g’risidagi qarorlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo’yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi (keyingi o’rinlarda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Komissiya faoliyati Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
Hujjatlarni qabul qilish, ular bo’icha xulosalar tayyorlash, litsenziyalarni berish, litsenziya bitimi tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish uchun Komissiya huzurida "O’zdavneftgazinspektsiya", "O’zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi hamda davlat boshqaruvi boshqa organlari mutaxassislaridan iborat tarkibda ishchi guruh (keyingi o’rinlarda ishchi guruh deb yuritiladi) tuziladi.

5. Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirishga litsenziya 5 yil muddatga beriladi. (O’zR VM 22.05.2006 y. 92-son Qarori taxriridagi band)

6. Litsenziya talabgorining arizasiga ko’ra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning bir qismiga berilishi mumkin.

II. LITSENZIYa TALABLARI VA ShARTLARI

7. Quyidagilar magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) litsenziat tomonidan magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash sohasidagi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, shuningdek amaldagi ekologiya, sanitariya, metrologiya, yong’indan saqlash va texnik normalar, normativlar va qoidalarga rioya etish;
b) yuridik shaxs shtatida litsenziyada ko’rsatilgan faoliyat turi bo’yicha tegishli ma’lumotga va kamida uch yil ish stajiga ega bo’lgan rahbar va muhandis-texnik xodimlarning, shuningdek xizmat ko’rsatuvchi texnik xodimlarda maxsus tayyorgarlikning mavjud bo’lishi;
v) faoliyatning litsenziyalanayotgan aniq turini amalga oshirish, shu jumladan tegishli moddiy-texnika bazasi (binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari, texnologiya asbob-uskunalari, transport, nazorat va o’lchov vositalari, tashkiliy texnika, kompyuterlar, normativ-texnik hujjatlar)dan va boshqa texnika vositalaridan foydalanish uchun sharoitlarning yaratilganligi;
g) litsenziat tomonidan davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlardan foydalanish bilan bog’liq ishlar bajarilgan taqdirda rejim organining mavjudligi.

8. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 7-bandida sanab o’tilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.

9. Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatining tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan rahbarlarga, xodimlarga moddiy-texnik bazaga, asbob-uskunalarga va boshqa texnika vositalariga minimal talablar Komissiya tomonidan belgilanadi.

III. LITSENZIYa OLISh UChUN
ZARUR BO’LGAN HUJJATLAR

10. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqamining nomeri, litsenziya berish to’g’risida faoliyatning (yoxud uning bir qismining) litsenziyalanadigan turi ko’rsatilgan holdagi ariza; (O’zR VM 22.05.2006 y. 92-son Qarori taxriridagi kichik band)
b) yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
v) litsenziya berish to’g’risidagi arizaning litsenziyalovchi organ tomonidan ko’rib chiqilganligi uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi hujjat;
g) litsenziyalanadigan ishlar turlarini bajaradigan mutaxassislar to’g’risida ma’lumotlar (soni, ma’lumoti, mutaxassisligi bo’yicha ish staji);
d) texnik jihatdan jihozlanganligi va litsenziyalanadigan ishlarni bajarish bo’yicha normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi to’g’risida ma’lumotlar;
e) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishda foydalaniladigan binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari va texnologiya asbob-uskunalariga egalik huquqining yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
j) O’zbekiston Respublikasi "Sanoatkontexnazorat" davlat inspektsiyasining litsenziya talabgori moddiy-texnika bazasining mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga oid qonun hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek xodimlarning bilimlari tekshirilganligi to’g’risidagi xulosasi (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish faoliyati bundan mustasno); (O’zR VM 10.07.2004 y. 323-son Qarori taxriridagi kichik band)
z) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O’zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspektsiyasining texnologiya jarayonlarining va texnologiya asbob-uskunalari ahvolining amaldagi normalar va qoidalarga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish faoliyati bundan mustasno);
i) O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi organlarining moddiy-texnik baza va ishlarni amalga oshirish texnologiyasining tabiatni muhofaza qilish va ekologiya talablariga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi(magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish faoliyati bundan mustasno);
k) O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yong’in nazorati organlarining texnik bazaning yong’indan saqlash normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi va xodimlarning ular bo’yicha tayyorgarlik darajasi to’g’risidagi xulosasi;
l) O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasining moddiy-texnik bazaning, ishlarni amalga oshirish texnologiyasining loyihalashtirish va qurilish bo’yicha qonun hujjatlariga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyati bundan mustasno);
m) litsenziyalanadigan ishlarning nazoratini va qabul qilinishini tashkil etish to’g’risidagi ma’lumotlar.

11. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo’l qo’yilmaydi.

12. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi to’g’risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.

13. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar Komissiya huzuridagi ishchi guruh rahbari tomonidan ro’yxat bo’yicha qabul qilinadi, ro’yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to’g’risida belgi qo’yilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi). Ishchi guruh rahbari vaqtincha bo’lmagan taqdirda uning funktsiyalarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilg’i-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan belgilangan tartibda belgilanadigan shaxs bajaradi. (O’zR VM 11.05.2007 y. 96-son Qarori taxriridagi band), (Oldingi taxririga qarang)

14. Litsenziya berish to’g’risidagi arizaning ko’rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig’im undiriladi.
Litsenziya berish yuzasidan hujjatlarning ko’rib chiqilganligi uchun yig’im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o’tkaziladi.
Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to’langan yig’im qaytarilmaydi.

IV. LITSENZIYa BERISh TO’G’RISIDA
QAROR QABUL QILISh TARTIBI

15. Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga 2-ilovaga binoan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilish uchun hujjatlarni ko’rib chiqish muddati litsenziya olishga ariza va barcha zarur hujjatlar tushgan kundan boshlab o’ttiz kunni tashkil qiladi.

16. Ishchi guruh ariza olingan kundan boshlab o’n besh kundan oshmaydigan muddatda hujjatlarni ko’rib chiqadi, ular yuzasidan ekspert xulosa tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risidagi taklifni qaror protokolining tegishli loyihasi bilan birga Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya ishchi guruh taklifi olingandan keyin o’n besh kundan ortiq bo’lmagan muddatda uni ko’rib chiqadi va qabul qilingan qaror to’g’risidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o’rinbosari) tomonidan imzolanadi. Zarur hollarda Komissiya qarori so’rov yo’li bilan qabul qilinishi mumkin.

17. Ishchi guruh litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to’g’risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to’g’risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to’lash muddati ko’rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).

18. Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ hamda litsenziat o’rtasida tuziladi va unda quyidagilar bo’lishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziatga qo’yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi;
magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyati xususiyatlariga taalluqli boshqa shartlar.
Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya bitimini ishchi guruh rahbari imzolaydi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada - litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.

19. Litsenziya belgilangan shakldagi blankalarda ishchi guruh tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning o’rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo’ladi.
Litsenziyalar blankalarini tayyorlash, ularni hisobga olish, saqlash va rasmiylashtirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 2 maydagi 200-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

20. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining o’n baravari miqdorida davlat boji to’langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Davlat boji summasi davlat byudjetiga o’tkaziladi.

21. Agar litsenziat litsenziya berish to’g’risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish to’g’risida qaror qabul qilishga haqlidir.

22. Litsenziya berish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo’yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi to’g’risidagi qaror, shuningdek ishchi guruh mansabdor shaxsining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.

23. Litsenziya berish rad etilishi to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to’g’risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko’rsatib o’tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko’rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo’lgan muddat ko’rsatilgan holda, tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).

24. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos bo’lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko’rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o’n kundan ortiq bo’lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda ishchi guruh hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin olti kun mobaynida ular yuzasidan ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risidagi taklifni qarorning tegishli protokoli loyihasi bilan birgalikda Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya ishchi guruh taklifi olingandan keyin to’rt kun muddatda uni ko’rib chiqadi va qabul qilingan qaror to’g’risidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o’rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Litsenziya talabgorining arizasi takroran ko’rib chiqilganligi uchun yig’im undirilmaydi.
Litsenziya berish rad etilganligi to’g’risidagi bildirishnomada ko’rsatilgan muddat o’tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

V. LITSENZIYaNI QAYTA RASMIYLAShTIRISh,
UNING AMAL QILISh MUDDATINI
UZAYTIRISh, DUBLIKAT BERISh

25. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o’zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro’yxatdan o’tkazilgandan keyin bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga ko’rsatib o’tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to’g’risida ariza berishi shart.

26. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko’rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.

27. Ishchi guruh litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reestriga tegishli o’zgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish ishchi guruh tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish to’g’risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to’g’risidagi arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lanadigan summaning yarmi miqdorida yig’im undiriladi.

28. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko’ra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to’g’risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o’tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni uzaytirishni rad etish to’g’risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.

29. Amal qilish muddati o’tmagan yo’qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o’rniga litsenziatning arizasiga ko’ra uning dublikati berilishi mumkin.
Litsenziya dublikati berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to’g’risidagi arizasi ko’rib chiqilganligi uchun to’lanadigan summaning yarmi miqdorida yig’im undiriladi.

VI. LITSENZIYa TALABLARI VA ShARTLARIGA
RIOYa ETILIShINI NAZORAT QILISh

30. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash uchun ishchi guruh:
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo’lgan taqdirda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog’ida paydo bo’ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so’raydi va oladi;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko’rsatgan holda dalolatnomalar tuzadi;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
Komissiyaga litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish, to’xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to’g’risidagi takliflarni ko’rib chiqish uchun kiritadi.
Davlat nazorat organlari, shuningdek davlat hokimiyati boshqa organlari o’z vakolatlari doirasida, litsenziya talablari va shartlari buzilishlari aniqlanganda litsenziyalovchi organga aniqlangan buzilishlar va ko’rilgan chora-tadbirlar to’g’risida xabar qilishi shart.

31. Ishchi guruh litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda "O’zdavneftgazinspektsiya" mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega. Tekshirishlar natijalari bo’yicha ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.

VII. LITSENZIYaNING AMAL QILIShINI TO’XTATIB TURISh, TO’XTATISh,
LITSENZIYaNI BEKOR QILISh

32. Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish va to’xtatish, litsenziyani bekor qilish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22-24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko’ra amalga oshiriladi.

33. Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish va to’xtatish, litsenziyani bekor qilish to’g’risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko’rgan zarar miqdorida javob beradi.

VIII. LITSENZIYaLAR REESTRI

34. Litsenziyalovchi organ belgilangan tartibda litsenziyalar reestrini yuritadi.

35. Litsenziyalar reestrida quyidagilar ko’rsatilishi kerak:
a) litsenziatlar to’g’risidagi asosiy ma’lumotlar:
to’liq va qisqartirilgan nomi, davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar (ro’yxatdan o’tkazish sanasi, davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning berilgan sanasi va tartib raqami), pochta manzili, telefoni va faksi raqami, elektron pochtasi manzili;
b) litsenziyalanayotgan faoliyat turi;
v) litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
g) litsenziyalarning amal qilish muddatlari;
d) litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini to’xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
e) litsenziyalarning amal qilishini to’xtatish asoslari va sanasi;
j) litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi.

36. Litsenziyalar reestridagi mavjud ma’lumot manfaatdor yuridik shaxslarning u bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi va yozma so’rov bo’yicha hamda so’rov haqi to’lagani to’g’risidagi hujjat taqdim etilgan taqdirda aniq litsenziatlar haqidagi ma’lumot reestrdan ko’chirma tarzida uch kun muddatda beriladi.

37. Bitta litsenziat to’g’risida ma’lumot berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida to’lov undiriladi.
Litsenziyalar reestridan ma’lumotlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga bepul beriladi.

38. Reestrdan ma’lumotlar berilgani uchun yig’im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o’tkaziladi.

Vazirlar Mahkamasining
2003 yil 9 iyuldagi
310-son qaroriga
3-ILOVA


O’zR VM 26.07.2004 y. 358-son Qaroriga muvofiq 3-ilova o’z kuchini yo’qotgan

Vazirlar Mahkamasining Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo’yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi
TARKIBI

To’laganov K.N. - O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari, komissiya raisi

Majidov Sh.X. - "O’zbekneftgaz" kompaniyasi boshqaruvining raisi, komissiya raisining o’rinbosari

Hafizov B.Ya. - "O’zbekneftgaz" kompaniyasi boshqaruvi raisining o’rinbosari, komissiya raisining o’rinbosari

Ahmadjonov F.M. - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bosh mutaxassisi, komissiya kotibi

Abdurashidov A.A. - O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosari

Qoraboyev F.A. - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bazaviy tarmoqlarni va yoqilg’i-energetika kompleksini moliyalashtirish boshqarmasi boshlig’i

Ramazonov N.S. - "O’zdavneftgazinspektsiya" boshlig’i

Toshmuhamedov X.F. - "Sanoatkontexnazorat" agentligi bosh direktorining o’rinbosari

Petrov N.I. - "Davarxitektqurilish" qo’mitasining bo’lim boshlig’i

Umarov B.S. - "O’ztransgaz" aktsiyadorlik kompaniyasi bosh direktorining birinchi o’rinbosari

Alimatov A.N. - O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong’indan saqlash bosh boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari

Erdashev K.E. - Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi "Boshdavekspertiza" boshlig’ining o’rinbosari

Safarov R.J. - "O’zNIPIneftgaz" OAJ bosh muhandisi o’rinbosari

Komissiya huzuridagi neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash yuzasidan ekspert xulosalar tayyorlash bo’yicha ishchi guruh
TARKIBI

Ahmadjonov F.M. -O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bosh mutaxassisi, ishchi guruh rahbari

Siddiqxo’jayev R.Q. - "O’zbekneftgaz" kompaniyasi Neft va gaz qazib olish, gazni qayta ishlash boshqarmasi boshlig’i

Vosiqov A.R. - O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Yoqilg’i-energetika kompleksini rivojlantirish bo’limining boshlig’i

Orifov B.A. - "O’zdavneftgazinspektsiya" boshlig’ining o’rinbosari

Safarov R. - "O’zNIPIneftgaz" OAJ bosh muhandisi o’rinbosari

Komissiya huzuridagi magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash
yuzasidan ekspert xulosalar tayyorlash bo’yicha ishchi guruh
TARKIBI

Axmadjonov F.M. - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bosh mutaxassisi, ishchi guruh rahbari

Azimov I.Sh. - "O’zbekneftgaz" kompaniyasi Gaz transporti bo’limi boshlig’i

Petrov N.I. - "Davarxitektqurilish" qo’mitasining bo’lim boshlig’i

Orifov B.A. - "O’zdavneftgazinspektsiya" boshlig’ining o’rinbosari

Safarov R.J. - "O’zNIPIneftgaz" OAJ bosh muhandisi o’rinbosari

-----------------------------------
Izohlar:
Komissiya va ishchi guruhlar a’zolari boshqa ishga o’tgan taqdirda Komissiya va ishchi guruhlar tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Komissiya zarurat bo’lganda tegishli ixtisoslik bo’yicha mutaxassis-ekspertlarni jalb qilishi mumkin.

"O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami", 2003 y., N 7, 61-modda.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
28.06.2003 y.
N 289

NEFT MAHSULOTLARINI SOTISh BO’YIChA
FAOLIYaTNI LITSENZIYaLASh TO’G’RISIDAGI
NIZOMLARNI TASDIQLASh TO’G’RISIDA

Mazkur Qarorga quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan
O’zR VM 22.02.2005 y. 73-son Qarori,
O’zR VM 12.08.2005 y. 196-son Qarori,
O’zR VM 22.05.2006 y. 92-son Qarori,
O’zR VM 10.11.2006 y. 235-son Qarori,
O’zR VM 11.05.2007 y. 96-son Qarori


Respublika darajasida va joylarda neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalashni tashkil etish ishlarining tahlili ishlarni tashkil etish tizimida kamchiliklar mavjudligidan hamda amaldagi qonun hujjatlari normalari va talablari buzilayotganligidan dalolat bermoqda.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hududiy ishchi guruhlari qoniqarsiz ishlayotganligi, shuningdek vakolatli organlar tomonidan ular faoliyati ustidan zarur nazorat o’rnatilmaganligi bunday holatning sabablaridan biridir.
Shu munosabat bilan faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalovchi organlar tomonidan o’z vazifalarining bajarilishiga hamda respublika va hududiy komissiyalar faoliyatining aniq ish tartibini belgilashga katta ahamaiyat beriladi.
"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Quyidagilar:
Neft mahsulotlarini sotish bo’yicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni litsenziyalash to’g’risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash to’g’risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining neft mahsulotlarini avtomobillarga yoqilg’i qo’yish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyalarining Namunaviy tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Belgilab qo’yilsinki:
neft mahsulotlarini sotish bo’yicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalarni berish va bekor qilish, ularning amal qilishini to’xtatish yoki uzaytirish to’g’risidagi qarorlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi tomonidan qabul qilinadi;
neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo’yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalarni berish va bekor qilish, ularning amal qilishini to’xtatib qo’yish, to’xtatish yoki uzaytirish to’g’risidagi qarorlar Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli hududiy komissiyalari tomonidan qabul qilinadi.

3. Quyidagilar:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilg’i-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamentiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasining hujjatlarni qabul qilish, litsenziyalar berish, litsenziya bitimini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiruvchi ishchi organi funktsiyalari; (O’zR VM 11.05.2007 y. 96-son Qarori taxriridagi xat boshi), (Oldingi taxririga qarang)
"O’zdavneftgazinspektsiya"ning hududiy bo’limlariga Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyalarining hujjatlarni qabul qilish, litsenziyalar berish, litsenziya bitimini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiruvchi ishchi organi funktsiyalari yuklansin.

4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi ikki hafta muddatda:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi to’g’risidagi Nizomni;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i qo’yish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyalari to’g’risidagi Namunaviy nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

5. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilg’i-energetika kompleksini rivojlantirish departamenti bir oy muddatda ushbu qaror kuchga kirgunga qadar berilgan litsenziyalarni xatlovdan o’tkazsin, ularning amal qilish muddatlarini Neft mahsulotlarini (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) sotish faoliyatini litsenziyalash to’g’risidagi Nizomga muvofiqlashtirsin va litsenziatlar bilan litsenziya bitimlari tuzsin.

6. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
o’n kun muddatda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yig’ilishlarida mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga va namunaviy tarkibga muvofiq neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i qo’yish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash bo’yicha hududiy komissiyalar tarkibini tasdiqlasinlar, komissiyalar mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko’rsinlar;
bir oy muddatda "O’zdavneftgazinspektsiya" bilan birgalikda ushbu qaror kuchga kirgunga qadar neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish huquqiga litsenziya olgan litsenziatlar bilan "O’zdavneftgazinspektsiya"ning hududiy bo’limlari orqali litsenziya bitimlari tuzilishini ta’minlasinlar.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi ushbu bandning bajarilishini muvofiqlashtirishni va nazorat qilishni ta’minlasin.

7. O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o’zgartirishlar kiritilsin.

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O’.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.


Vazirlar Mahkamasining Raisi I.Karimov

Vazirlar Mahkamasining
2003 yil 28 iyundagi
289- son qaroriga
1-ILOVA
Neft mahsulotlarini sotish bo’yicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i
quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari)
faoliyatni litsenziyalash to’g’risida
NIZOM

Mazkur Nizomga quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan
O’zR VM 10.07.2004 y. 323-son Qarori,
O’zR VM 22.02.2005 y. 73-son Qarori,
O’zR VM 22.05.2006 y. 92-son Qarori,
O’zR VM 11.05.2007 y. 96-son Qarori

I. Umumiy qoidalar
II. Litsenziya talablari va shartlari
III. Litsenziya olish uchun zarur bo’lgan hujjatlar
IV. Arizalarni ko’rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilish
V. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
VII. Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish, to’xtatish, litsenziyani bekor qilish
VIII. Litsenziyalar reestri

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizom neft mahsulotlarini sotish bo’yicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yoqilg’isi, aviakerosin, mazut, pech yoqilg’isi, neft bitumi, shuningdek texnik moylar va moylash materiallarini sotish bo’yicha faoliyat litsenziyalanishi kerak, ularning zavodda idishga qadoqlanganlari bundan mustasno.
3. Neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyat faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
5. Litsenziyalarni berish va bekor qilish, ularning amal qilishini to’xtatish yoki muddatini uzaytirish to’g’risidagi qarorlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash Komissiyasi (keyingi o’rinlarda matnda "Komissiya" deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilg’i-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil Departamenti (keyingi o’rinlarda matnda "Departament" deb yuritiladi) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash Komissiyasining hujjatlarni qabul qilish, ular bo’yicha ekspert xulosasi tayyorlash, litsenziyalarni rasmiylashtirish va qayta rasmiylashtirish, litsenziyalar reestrini yuritish, litsenziyalarning amal qilishini to’xtatib qo’yish va tiklash, litsenziya bitimlari tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiruvchi ishchi organi hisoblanadi. (O’zR VM 11.05.2007 y. 96-son Qarori taxriridagi xat boshi), (Oldingi taxririga qarang)
Komissiya faoliyati Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
6. Neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyatni amalga oshirishga litsenziya 5 yil muddatga beriladi. (O’zR VM 22.05.2006 y. 92-son Qarori taxriridagi band)

II. LITSENZIYa TALABLARI VA ShARTLARI

7. Quyidagilar neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyatni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) litsenziat tomonidan neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va sotish sohasidagi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, ekologiya, sanitariya, metrologiya, yong’indan saqlash va texnik normalar, normativlar va qoidalarga rioya etish;
b) shtatda litsenziyada ko’rsatilgan faoliyat turi bo’yicha tegishli ma’lumotga va kamida uch yil ish stajiga ega bo’lgan kamida bir nafar xodimning, shuningdek xizmat ko’rsatuvchi texnik xodimlarda maxsus tayyorgarlikning mavjud bo’lishi;
v) sotiladigan neft mahsulotlariga sifat sertifikatining mavjudligi va ularning sifat sertifikatiga haqiqatda muvofiqligi;
g) faoliyatning litsenziyalanayotgan aniq turini amalga oshirish, shu jumladan mavjud moddiy-texnika bazasidan, neft omboridan va yonilg’i quyish asbob-uskunalaridan, boshqa texnika vositalaridan foydalanish uchun sharoitlarning yaratilganligi;
d) litsenziat tomonidan davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlardan foydalanish bilan bog’liq ishlar bajarilgan taqdirda rejim organining mavjudligi.
8. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 7-bandida sanab o’tilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
9. Neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyatning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moddiy-texnik bazaga, asbob-uskunalarga va boshqa texnika vositalariga minimal talablarni Departament belgilaydi va ular Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.

III. LITSENZIYa OLISh UChUN ZARUR BO’LGAN HUJJATLAR

10. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori Departamentga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning (yoxud uning bir qismining) litsenziyalanadigan turi ko’rsatilgan holda litsenziya berish to’g’risidagi ariza; (O’zR VM 22.05.2006 y. 92-son Qarori taxriridagi kichik band)
b) yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
v) litsenziya berish to’g’risidagi arizaning litsenziyalovchi organ tomonidan ko’rib chiqilganligi uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi hujjat;
g) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar, muhandislik kommuniktsiyalari va texnologik asbob-uskunalarga egalik huquqining yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
d) "O’zdavneftgazinspektsiya" hududiy bo’limining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va sotish uchun neft ombori xo’jaligining asbob-uskunalar bilan ta’minlanganligi holati, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning maxsus ma’lumotga egaligi to’g’risidagi xulosasi;
e) O’zbekiston Respublikasi "Sanoatkontexnazorat" davlat inspektsiyasi bo’linmasining neft ombori xo’jaligining bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va xavfsiz foydalanish qoidalari, texnik foydalanish qoidalari talablariga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi; (O’zR VM 10.07.2004 y. 323-son Qarori taxriridagi kichik band)
j) yong’in nazorati hududiy organlarining yong’indan saqlash talablariga muvofiqlik to’g’risidagi xulosasi;
z) "O’zstandart" agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tomonidan beriladigan metrologik ta’minot to’g’risidagi xulosa;
i) O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi bo’linmasining neft ombori xo’jaligining tabiatni muhofaza qilish va ekologiya talablariga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi.
11. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo’l qo’yilmaydi.
12. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bevosita yoxud olinganligi to’g’risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
13. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar Departamentning mas’ul shaxsi tomonidan ro’yxat bo’yicha qabul qilinadi, ro’yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to’g’risida belgi qo’yilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
14. Litsenziya berish to’g’risidagi arizaning ko’rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig’im undiriladi.
15. Litsenziya berish yuzasidan hujjatlarning ko’rib chiqilganligi uchun yig’im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o’tkaziladi.
16. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to’langan yig’im qaytarilmaydi.

IV. ARIZALARNI KO’RIB ChIQISh VA LITSENZIYa BERISh YoKI LITSENZIYa
BERIShNI RAD ETISh TO’G’RISIDA QAROR QABUL QILISh

17. Neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilish uchun hujjatlarni ko’rib chiqish muddati litsenziya olishga ariza va barcha zarur hujjatlar tushgan kundan boshlab o’ttiz kunni tashkil qiladi.
18. Departament ariza olingan kundan boshlab o’n besh kundan oshmaydigan muddatda hujjatlarni ko’rib chiqadi, ular yuzasidan ekspert xulosa tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risidagi taklifni qaror protokolining tegishli loyihasi bilan birga Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Departament ekspert xulosasini tayyorlash uchun "O’zdavneftgazinspektsiya"ning hamda davlat va xo’jalik boshqaruvi boshqa organlariningmutaxassislarini jalb etish huquqiga ega.
Komissiya Departament taklifi olingandan keyin 15 kundan ortiq bo’lmagan muddatda uni ko’rib chiqadi va qabul qilingan qaror to’g’risidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o’rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Komissiya qarori so’rov yo’li bilan qabul qilinishi mumkin.
19. Departament litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to’g’risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to’g’risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to’lash muddati ko’rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
20. Litsenziya bitimi Departament hamda litsenziat o’rtasida tuziladi va unda quyidagilar bo’lishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziatga qo’yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi;
neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyat xususiyatlariga taalluqli boshqa shartlar.
Litsenziya bitimi ikki nusxada - litsenziat va Departament uchun bir nusxadan tuziladi.
21. Litsenziya belgilangan shakldagi blankalarda Departament tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning o’rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo’ladi.
Litsenziyalar blankalarini tayyorlash, ularni hisobga olish, saqlash va rasmiylashtirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 2 maydagi 200-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
22. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining o’n baravari miqdorida davlat boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Davlat boji summasi davlat byudjetiga o’tkaziladi.
23. Agar litsenziat litsenziya berish to’g’risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida Departamentga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish to’g’risida qaror qabul qilishga haqlidir.
24. Litsenziya berish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo’yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi to’g’risidagi qaror, shuningdek Departament mansabdor shaxsining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
25. Litsenziya berish rad etilishi to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to’g’risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko’rsatib o’tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko’rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo’lgan muddat ko’rsatilgan holda tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
26. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos bo’lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko’rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o’n kundan ortiq bo’lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda Departament hujjatlar takroran taqdim etilgandan keyin olti kun mobaynida ular yuzasidan ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risidagi taklifni qarorning tegishli protokoli loyihasi bilan birgalikda Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya Departament taklifi olingandan keyin to’rt kun muddatda uni ko’rib chiqadi va qabul qilingan qaror to’g’risidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o’rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran ko’rib chiqilganligi uchun yig’im undirilmaydi.
Litsenziya berish rad etilganligi to’g’risidagi bildirishnomada ko’rsatilgan muddat o’tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

V. LITSENZIYaLARNI QAYTA RASMIYLAShTIRISh, ULARNING AMAL QILISh MUDDATINI
UZAYTIRISh, DUBLIKAT BERISh

27. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o’zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro’yxatdan o’tkazilgandan keyin bir hafta muddatda Departamentga ko’rsatib o’tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to’g’risida ariza berishi shart.
28. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko’rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
29. Departament litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reestriga tegishli o’zgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish Departament tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish to’g’risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig’im undiriladi.
30. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko’ra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to’g’risidagi ariza Departamentga litsenziyaning amal qilish muddati tugagunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni uzaytirishni rad etish to’g’risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
31. Amal qilish muddati o’tmagan yo’qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o’rniga litsenziatning arizasiga ko’ra uning dublikati berilishi mumkin.
Litsenziya dublikatini berishda qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig’im undiriladi.

VI. LITSENZIYa TALABLARI VA ShARTLARIGA RIOYa ETILIShINI NAZORAT QILISh

32. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda Departament:
litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga litsenziatlar tomonidan rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo’lgan taqdirda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog’ida paydo bo’ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so’raydi va oladi;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko’rsatgan holda dalolatnomalar tuzadi;
litsenziatga aniqlangan litsenziya talablari va shartlari buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
Komissiyaga litsenziyaning amal qilishini to’xtatish yoki uni bekor qilish to’g’risidagi qarorni ko’rib chiqish uchun kiritadi.
Davlat nazorat organlari, shuningdek davlatning boshqa organlari, o’z vakolatlari doirasida, litsenziya talablari va shartlari buzilishlari aniqlanganda litsenziyalovchi organga aniqlangan buzilishlar va ko’rilgan chora-tadbirlar to’g’risida xabar qilishi shart.
33. Departament litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda davlatning tegishli boshqaruv va nazorat organlari mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega. Tekshirishlar natijalari bo’yicha ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi Departamentda qoladi.

VII. LITSENZIYaNING AMAL QILIShINI TO’XTATIB TURISh, TO’XTATISh,
LITSENZIYaNI BEKOR QILISh

34. Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Departament tomonidan amalga oshiriladi.
Departamentning litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish to’g’risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Departament litsenziat oldida litsenziat ko’rgan zarar miqdorida javob beradi.
35. Litsenziyaning amal qilishini to’xtatish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko’ra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to’xtatish to’g’risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to’xtatish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko’rgan zarar miqdorida javob beradi.
36. Litsenziyani bekor qilish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko’ra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish to’g’risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyani bekor qilish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko’rgan zarar miqdorida javob beradi.

VIII. LITSENZIYaLAR REESTRI

37. Litsenziyalovchi organ belgilangan tartibda litsenziyalar reestrini yuritadi.
38. Litsenziyalar reestrida quyidagilar ko’rsatilishi kerak:
a) litsenziatlar to’g’risidagi asosiy ma’lumotlar: yuridik shaxsning to’liq va qisqartirilgan nomi, uning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar (ro’yxatdan o’tkazish sanasi, davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning berilgan sanasi va tartib raqami), pochta manzili, telefoni va faksi raqami, elektron pochtasi manzili;
b) litsenziyalanayotgan faoliyat turi;
v) litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
g) litsenziyalarning amal qilish muddati;
d) litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini to’xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
e) litsenziyalarning amal qilishini to’xtatish asoslari va sanasi;
j) litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
39. Litsenziyalar reestridagi mavjud ma’lumot manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning u bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi va yozma so’rov bo’yicha hamda so’rov haqi to’laganligi to’g’risidagi hujjat taqdim etilgan taqdirda aniq litsenziatlar haqidagi ma’lumotdan ko’chirma tarzida uch kun muddatda beriladi.
40. Bir nafar litsenziat to’g’risida ma’lumot berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bitta eng kam oylik ish haqi miqdorida to’lov undiriladi.
Litsenziyalar reestridan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga ma’lumotlar tekin beriladi.
41. Reestrdan ma’lumotlar berilganligi uchun yig’im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o’tkaziladi.
Vazirlar Mahkamasining
2003 yil 28 iyundagi
289 - son qaroriga
2-ILOVA

Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish
shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali
sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash to’g’risida
NIZOM

Mazkur Nizomga quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan
O’zR VM 10.07.2004 y. 323-son Qarori,
O’zR VM 12.08.2005 y. 196-son Qarori,
O’zR VM 22.05.2006 y. 92-son Qarori,
O’zR VM 10.11.2006 y. 235-son Qarori

I. Umumiy qoidalar
II. Litsenziya talablari va shartlari
III. Litsenziya olish uchun zarur bo’lgan hujjatlar
IV. Arizalarni ko’rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilish
V. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
VII. Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish, to’xtatish, litsenziyani bekor qilish
VIII. Litsenziyalar reestri
1-ilova. Neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyatni amalga oshirishda avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalariga qo’yiladigan talablar
2-ilova. AYoQShda neft mahsulotlarini qabul qilib olish, saqlash, sotish va hisobga olishga qo’yiladigan talablar
3-ilova. Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo’yichafaoliyatni litsenziyalash Sxemasi
4-ilova. Litsenziya

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizom neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlarining avtobenzin, dizel yoqilg’isi, pech yoqilg’isi, neft bitumi, shuningdek texnik moylar va moylash materiallari sotish bo’yicha faoliyati litsenziyalanishi kerak, ularning zavodda idishga qadoqlanganlari bundan mustasno.
3. Neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyat faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga belgilangan shakldagi litsenziyalar beriladi.
5. Neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash hududiy komissiyalari (keyingi o’rinlarda matnda "Komissiya" deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. (O’zR VM 10.11.2006 y. 235-son Qarori taxriridagi xat boshi), (Oldingi taxririga qarang)
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i qo’yish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash komissiyalari to’g’risidagi namunaviy nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash Komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Neft mahsulotlarini avtmobillarga yonilg’i qo’yish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash masalalarini ko’rib chiqish hududiy komissiyasi tarkibiga O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi, Davlat mulki qo’mitasi, "O’zstandart" agentligi tegishli hududiy bo’limlarining vakillari kiradi. (O’zR VM 12.08.2005 y. 196-son Qarori taxriridagi xat boshi)
Hududiy komissiyalarga Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli masalalarga mutasaddi o’rinbosarlari rahbarlik qiladi.
Komissiyalarning shaxsiy tarkibi tegishli ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
"O’zdavneftgazinspektsiya"ning hududiy bo’limlari komissiyalarning hujjatlarni qabul qilish, ular bo’yicha ekspert xulosasi tayyorlash, litsenziyalarni rasmiylashtirish va qayta rasmiylashtirish, litsenziyalar reestrini yuritish, litsenziyalarni berish, litsenziya bitimlari tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiruvchi ishchi organi hisoblanadi.
6. Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo’yicha faoliyatni amalga oshirishga litsenziya 5 yil muddatga beriladi. (O’zR VM 22.05.2006 y. 92-son Qarori taxriridagi band)

II. LITSENZIYa TALABLARI VA ShARTLARI

7. Quyidagilar neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyatni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) litsenziat tomonidan neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va sotish sohasida O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, ekologiya, sanitariya, metrologiya, yong’indan saqlash va texnik normalar, normativlar va qoidalarga rioya etish (mazkur Nizomga 1 va 2-ilova);
b) shtatda litsenziyada ko’rsatilgan faoliyat turi bo’yicha tegishli ma’lumotga va kamida uch yil ish stajiga ega bo’lgan kamida bir nafar xodimning, shuningdek xizmat ko’rsatuvchi texnik xodimlarda maxsus tayyorgarlikning mavjud bo’lishi;
v) sotiladigan neft mahsulotlariga sifat sertifikatining mavjudligi va ularning sifat sertifikatiga haqiqatda muvofiqligi;
g) faoliyatning litsenziyalanayotgan aniq turini amalga oshirish, shu jumladan mavjud moddiy-texnika bazasidan, neft omboridan va yonilg’i quyish asbob-uskunalaridan, boshqa texnika vositalaridan foydalanish uchun sharoitlarning yaratilganligi;
d) litsenziat tomonidan davlat siri hisoblanadigan ma’lumotlardan foydalanish bilan bog’liq ishlar bajarilgan taqdirda rejim organining mavjudligi.
8. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 7-bandida sanab o’tilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
9. Neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyatning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moddiy-texnik bazaga, asbob-uskunalarga va boshqa texnika vositalariga minimal talablar "O’zdavneftgazinspektsiya" tomonidan belgilanadi.

III. LITSENZIYa OLISh UChUN ZARUR BO’LGAN HUJJATLAR

10. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori "O’zdavneftgazinspektsiya" hududiy bo’limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning (yoxud uning bir qismining) litsenziyalanadigan turi ko’rsatilgan holda litsenziya berish to’g’risidagi ariza; (O’zR VM 22.05.2006 y. 92-son Qarori taxriridagi kichik band)
b) yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
v) litsenziya berish to’g’risidagi arizaning litsenziyalovchi organ tomonidan ko’rib chiqilganligi uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi hujjat;
g) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan standartlar, normalar va qoidalarga muvofiq keluvchi binolar, inshootlar, muhandislik kommuniktsiyalari va texnologik asbob-uskunalarga egalik huquqining yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
d) "O’zdavneftgazinspektsiya" hududiy bo’limining avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlarining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va sotish uchun asbob-uskunalar bilan ta’minlanganligi holati, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning maxsus ma’lumotga egaligi to’g’risidagi xulosasi;
e) O’zbekiston Respublikasi "Sanoatkontexnazorat" davlat inspektsiyasi bo’linmasining avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchasi va moy almashtirish punktining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va sotishda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga oid qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi; (O’zR VM 10.07.2004 y. 323-son Qarori taxriridagi kichik band)
j) yong’in nazorati hududiy organlarining avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchasi va moy almashtirish punktining yong’indan saqlash talablariga muvofiqlik to’g’risidagi xulosasi;
z) "O’zstandart" agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tomonidan beriladigan metrologik ta’minot to’g’risidagi xulosa;
i) O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi bo’linmasining avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchasi va moy almashtirish punktining tabiatni muhofaza qilish va ekologiya talablariga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi.
11. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo’l qo’yilmaydi.
12. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan "O’zdavneftgazinspektsiya" hududiy bo’limiga bevosita yoxud olinganligi to’g’risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
13. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar "O’zdavneftgazinspektsiya" hududiy bo’limining mas’ul shaxsi tomonidan ro’yxat bo’yicha qabul qilinadi, ro’yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to’g’risida belgi qo’yilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
14. Litsenziya berish to’g’risidagi arizaning ko’rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig’im undiriladi.
15. Litsenziya berish yuzasidan hujjatlarning ko’rib chiqilganligi uchun yig’im summasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hisob raqamiga o’tkaziladi.
16. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to’langan yig’im qaytarilmaydi.

IV. ARIZALARNI KO’RIB ChIQISh VA LITSENZIYa
BERISh YoKI LITSENZIYa BERIShNI RAD ETISh
TO’G’RISIDA QAROR QABUL QILISh

17. Neft mahsulotlarini avtomobillarga yoqilg’i qo’yish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilish uchun hujjatlarni ko’rib chiqish muddati litsenziya olishga ariza va barcha zarur hujjatlar tushgan kundan boshlab o’ttiz kunni tashkil qiladi.
18. "O’zdavneftgazinspektsiya" hududiy bo’limi ariza olingan kundan boshlab o’n besh kundan oshmaydigan muddatda hujjatlarni ko’rib chiqadi, ular yuzasidan ekspert xulosa tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risidagi taklifni qaror protokolining tegishli loyihasi bilan birga Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya "O’zdavneftgazinspektsiya" hududiy bo’limining taklifi olingandan keyin 15 kundan ortiq bo’lmagan muddatda uni ko’rib chiqadi va qabul qilingan qaror to’g’risidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o’rinbosari) tomonidan imzolanadi.
19. "O’zdavneftgazinspektsiya"ning hududiy bo’limi litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to’g’risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to’g’risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to’lash muddati ko’rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
20. Litsenziyalovchi organ va litsenziatning o’zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimi "O’zdavneftgazinspektsiya"ning hududiy bo’limi hamda litsenziat o’rtasida tuziladi va unda quyidagilar bo’lishi kerak:
- bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi;
- tomonlarning rekvizitlari;
- amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
- litsenziatga qo’yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
- litsenziyaning amal qilish muddati;
- litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
- litsenziya bitimi talablari va shartlari litsenziat tomonidan bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi;
- neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyat xususiyatlariga taalluqli boshqa shartlar.
Litsenziya bitimi ikki nusxada - litsenziat va "O’zdavneftgazinspektsiya"ning hududiy bo’limi uchun bir nusxadan tuziladi.
21. Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo’ladi. Litsenziyalar blankalari Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining buyurtmanomalariga ko’ra mazkur Nizomga 4-ilovaga namunada "Davlat belgisi" Davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosma usulda tayyorlanadi. Litsenziyalar blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun mas’uliyat "O’zdavneftgazinspektsiya"ning hududiy bo’limi rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Litsenziyalar "O’zdavneftgazinspektsiya"ning hududiy bo’limi tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning o’rinbosari) tomonidan imzolanadi.
22. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining o’n baravari miqdorida davlat boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kundan kechikmay beriladi.
Davlat boji summasi davlat byudjetiga o’tkaziladi.
23. Agar litsenziat litsenziya berish to’g’risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida "O’zdavneftgazinspektsiya"ning hududiy bo’limiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish to’g’risida qaror qabul qilishga haqlidir.
24. Litsenziya berish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo’yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi to’g’risidagi qaror, shuningdek "O’zdavneftgazinspektsiya"ning hududiy bo’limi mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
25. Litsenziya berish rad etilishi to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to’g’risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko’rsatib o’tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko’rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo’lgan muddat ko’rsatilgan holda tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
26. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos bo’lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko’rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o’n kundan ortiq bo’lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda "O’zdavneftgazinspektsiya"ning hududiy bo’limi hujjatlar takroran taqdim etilgandan keyin olti kun mobaynida ular yuzasidan ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risidagi taklifni qarorning tegishli protokoli loyihasi bilan birgalikda Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya "O’zdavneftgazinspektsiya" hududiy bo’limining taklifi olingandan keyin to’rt kun muddatda uni ko’rib chiqadi va qabul qilingan qaror to’g’risidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o’rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran ko’rib chiqilganligi uchun yig’im undirilmaydi.
Litsenziya berish rad etilganligi to’g’risidagi bildirishnomada ko’rsatilgan muddat o’tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

V. LITSENZIYaLARNI QAYTA RASMIYLAShTIRISh,
ULARNING AMAL QILISh MUDDATINI
UZAYTIRISh, DUBLIKAT BERISh

27. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o’zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro’yxatdan o’tkazilgandan keyin bir hafta muddatda "O’zdavneftgazinspektsiya"ning hududiy bo’limiga ko’rsatib o’tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to’g’risida ariza berishi shart.
28. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko’rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
29. "O’zdavneftgazinspektsiya"ning hududiy bo’limi litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reestriga tegishli o’zgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish Departament tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish to’g’risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig’im undiriladi.
30. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko’ra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to’g’risidagi ariza "O’zdavneftgazinspektsiya"ning hududiy bo’limiga litsenziyaning amal qilish muddati tugagunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni uzaytirishni rad etish to’g’risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.

31. Amal qilish muddati o’tmagan yo’qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o’rniga litsenziatning arizasiga ko’ra uning dublikati berilishi mumkin.
Litsenziya dublikatini berishda qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig’im undiriladi.

VI. LITSENZIYa TALABLARI VA ShARTLARIGA
RIOYa ETILIShINI NAZORAT QILISh

32. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda "O’zdavneftgazinspektsiya"ning hududiy bo’limi:
- litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiradi;
- litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo’lgan taqdirda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiradi;
- litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog’ida paydo bo’ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so’raydi va oladi;
- tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko’rsatgan holda dalolatnomalar tuzadi;
- litsenziatga litsenziya talablari va shartlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
- Komissiyaga litsenziyaning amal qilishini to’xtatish yoki uni bekor qilish to’g’risidagi taklifni ko’rib chiqish uchun kiritadi. (O’zR VM 10.11.2006 y. 235-son Qarori taxriridagi xat boshi)
Davlat nazorat va tekshirish organlari, shuningdek davlatning boshqa organlari o’z vakolatlari doirasida, litsenziya talablari va shartlari buzilishlari aniqlanganda litsenziyalovchi organga aniqlangan buzilishlar va ko’rilgan chora-tadbirlar to’g’risida xabar qilishi shart.
33. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda "O’zdavneftgazinspektsiya" hududiy bo’limining xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi "O’zdavneftgazinspektsiya"ning hududiy bo’limida qoladi.


VII. LITSENZIYaNING AMAL QILIShINI
TO’XTATIB TURISh, TO’XTATISh,
LITSENZIYaNI BEKOR QILISh

34. Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi. (O’zR VM 10.11.2006 y. 235-son Qarori taxriridagi xat boshi)
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish to’g’risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko’rgan zarar miqdorida javob beradi.
35. Litsenziyaning amal qilishini to’xtatish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi. (O’zR VM 10.11.2006 y. 235-son Qarori taxriridagi xat boshi)

O’zR VM 10.11.2006 y. 235-son Qaroriga muvofiq 35 bandning ikkinchi xat boshi chiqarib tashlangan

Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to’xtatish to’g’risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to’xtatish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko’rgan zarar miqdorida javob beradi.
36. Litsenziyani bekor qilish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi. (O’zR VM 10.11.2006 y. 235-son Qarori taxriridagi xat boshi)

O’zR VM 10.11.2006 y. 235-son Qaroriga muvofiq 36 bandning ikkinchi xat boshi chiqarib tashlangan

Komissiyaning litsenziyani bekor qilish to’g’risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyani bekor qilish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko’rgan zarar miqdorida javob beradi.

VIII. LITSENZIYaLAR REESTRI

37. "O’zdavneftgazinspektsiya"ning hududiy bo’limi belgilangan tartibda litsenziyalar reestrini yuritadi.
38. Litsenziyalar reestrida quyidagilar ko’rsatilishi kerak:
a) litsenziatlar to’g’risidagi asosiy ma’lumotlar: yuridik shaxsning to’liq va qisqartirilgan nomi, uning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar (ro’yxatdan o’tkazish sanasi, davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning berilgan sanasi va tartib raqami), pochta manzili, telefoni va faksi raqami, elektron pochtasi manzili;
b) litsenziyalanayotgan faoliyat turi;
v) litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
g) litsenziyalarning amal qilish muddati;
d) litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini to’xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
e) litsenziyalarning amal qilishini to’xtatish asoslari va sanasi;
j) litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
39. Litsenziyalar reestridagi mavjud ma’lumot manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning u bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi va yozma so’rov bo’yicha hamda so’rov haqi to’lagani to’g’risidagi hujjat taqdim etilgan taqdirda aniq litsenziatlar haqidagi ma’lumotdan ko’chirma tarzida uch kun muddatda beriladi.
40. Bir nafar litsenziat to’g’risida ma’lumot berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bitta eng kam oylik ish haqi miqdorida to’lov undiriladi.
Litsenziyalar reestridan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga ma’lumotlar tekin beriladi.
41. Reestrdan ma’lumotlar berilgani uchun yig’im summasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hisob raqamiga o’tkaziladi.


Vazirlar Mahkamasining
2003 yil 28 iyundagi
289-son qaroriga
3-ILOVA

O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
Neft mahsulotlarini sotish bo’yicha
faoliyatni litsenziyalash komissiyasi
TARKIBI

Karimov A.R. - "O’zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisining o’rinbosari, komissiya raisi

Komilov A.A. - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilg’i-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi, komissiya kotibi (O’zR VM 11.05.2007 y. 96-son Qarori taxriridagi band), (Oldingi taxririga qarang)

lavozimiga ko’ra - O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosari (O’zR VM 12.08.2005 y. 196-son Qarori taxriridagi band)

Jo’rayev T.I. - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o’rinbosari

Vosiqov A.R. - O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining bo’lim boshlig’i

Shmakova N.N. - O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining boshqarma boshlig’i

Shodmonxo’jayev N.S. - O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yong’indan saqlash bosh boshqarmasi bo’lim boshlig’ining o’rinbosari

Dotsenko N.P. - Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi Atmosfera havosini muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig’i

Rahmonov R.K. - "O’zstandart" agentligi Metorologiya xizmatlari ko’rsatish respublika markazining bo’lim boshlig’i

Ramazonov N.S. - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O’zdavneftgazinspektsiya" boshlig’i

Toshmuhamedov X.F. - "Sanoatkontexnazorat" agentligi bosh direktorining o’rinbosari


Izoh: 1. Komissiya a’zolari boshqa ishga o’tgan taqdirda Komissiya tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
2. Komissiya zaruriyat bo’lganda tegishli ixtisoslik bo’yicha mutaxassis - ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.


Vazirlar Mahkamasining
2003 yil 28 iyundagi
289-son qaroriga
4-ILOVA

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining
neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg’i
qo’yish shoxobchalari va moy almashtirish
punktlari orqali sotish bo’yicha faoliyatni
litsenziyalash komissiyalarining
NAMUNAVIY TARKIBI

1. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o’rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining o’rinbosari - Komissiya raisi

2. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i

3. Viloyat moliya boshqarmasi boshlig’i

4. Viloyat soliq boshqarmasi boshlig’i

5. Viloyat monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’i (O’zR VM 12.08.2005 y. 196-son Qarori taxriridagi band)

6. Viloyat standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig’i

7. O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi viloyat boshqarmasi boshlig’i


Izoh: Komissiya zaruriyat bo’lganda tegishli ixtisoslik bo’yicha mutaxassis - ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.


Vazirlar Mahkamasining
2003 yil 28 iyundagi
289-son qaroriga
5-ILOVA

O’zbekiston Respublikasi Hukumatining
ayrim qarorlariga kiritilayotgan
O’ZGARTIRIShLAR

1. Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida" 1998 yil 7 sentyabrdagi 382-son qarorining (O’zbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 9-son, 33-modda) 1-bandi o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.

2. Vazirlar Mahkamasining "Avtomobil yonilg’isi quyish shoxobchalarining ishini takomillashtirish va respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida" 1998 yil 18 sentyabrdagi 397-son qarorida (O’zbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 9-son, 35-modda):
a) 1-bandda:
ikkinchi va uchinchi xat boshi o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin;
to’rtinchi xat boshidagi "xususiylashtirilgan" so’zi chiqarib tashlansin;
b) 3-band o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin;
v) 4-bandda:
ikkinchi xat boshi o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin;
to’rtinchi xat boshidagi "xususiylashtirilgan" so’zi chiqarib tashlansin;
beshinchi xat boshidagi "O’zdavneftmahsulot" birlashmasi" so’zlari "O’zneftmahsulot" aktsiyadorlik kompaniyasi" so’zlari bilan almashtirilsin;
g) qarorga 1 va 2-ilovalar o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin;
d) qarorga 3-ilova nomidagi, 1.3, 3.4 va 3.5-bandlardagi "xususiylashtirilgan" so’zi chiqarib tashlansin.


"O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami",2003 y., N 6, 50-modda.


 

 

Copyright by AK "O'zneftmahsulot"