Navbatdagi
“O’zbekistonda neft va gaz” 15-xalqaro ko’rgazmasi (OGU 2011)
2011
yil 17-19 may kunlari “O’zbekneftgaz” MXK “ITE Exhibitions&Conferences
LTD” (ITE, Buyuk Britaniya) bilan hamkorlikda «Uzekspotsentr» OAJ
pavilonlarida “O’zbekistonda neft va gaz” 14-xalqaro ko’rgazmasi bo’lib
o’tadi.
Aksiyadorlarining
umumiy yig’ilishini
Hurmatli
aksiyador !
O’zbekiston
Respublikasi, 100125, Toshkent shahri, Do’rmon yo’li ko’chasi 143
yuda joylashgan Ochiq turdagi “O`zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi
2010 yil 30 sentabr soat 16-00 da quyidagi manzilda Aksiyadorlarining
navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini o’tkazadi: Toshkent
shahri, Do’rmon yo’li ko’chasi 143 yu, “O`zneftmahsulot” aksiyadorlik
kompaniyasi binosi.
Navbatdan
tashqari umumiy yig’ilishni o’tkazish uchun “O`zneftmahsulot” AK aksiyadorlarining
ro’yxati 2010 yil 26 sentabr holati bo’yicha tuziladi.
Aksiyadorlarining
navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi ishtirokchilari 2010 yil 30 sentabr
soat 15-00 dan 15-45 gacha ro’yxatdan o’tkaziladi.
Aksiyadorlarining
navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi kun tartibi:
1. “O`zneftmahsulot” AKning 2009 yilgi foydasini taqsimlash.
2. O’tgan yillarda kompanayani rivojlantirish uchun yo’naltirilgan
mablag’larni ularning nominal qiymatini oshirish orqali “O`zneftmahsulot”
AK Ustav fondiga kapitallashtirishni tasdiqlash.
3. Kompaniyaning bitta aksiyasining nominal qiymatini tasdiqlash.
4. “O`zneftmahsulot” AKning ustav fondini, kompaniy emissiyasi prospektini
tasdiqlash,, Ustavga o’zgartirishlar kiritish va qimmatbaho qog’ozlar
chiqarish haqida qaror chiqarish.
5. “O`zneftmahsulot” AK Kuzatuv kengashi tarkibini qayta tasdiqlash.
Ro’yxatdan
o’tish uchun pasport (jismoniy shaxslar uchun), xizmat guvohnomasi
(yuridik shaxslar uchun) va notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma
(aktsiyadorlar vakillari uchun) bo’lishi lozim.
“O`zneftmahsulot”
AK KK kotibiyati
Navbatdagi
“O’zbekistonda neft va gaz” 14-xalqaro ko’rgazmasi (OGU
2010)
2010
yil 11-13 may kunlari “O’zbekneftgaz” MXK “ITE Exhibitions&Conferences
LTD” (ITE, Buyuk Britaniya) bilan hamkorlikda «Uzekspotsentr» OAJ
pavilonlarida “O’zbekistonda neft va gaz” 14-xalqaro ko’rgazmasi bo’lib
o’tadi va ko’rgazma doirasida “Interkontinental-Toshkent” mehmonxonasida
“O’zbekiston iqtisodiyotining neft va gaz sektori uchun - Investitsiyalar
i innovatsiyalar” mavzuida halqaro konferensiya bo’lib o’tadi.
27.05.2008y.
“O`zneftmahsulot” aktsiyadorlik kompaniyasi Kuzatuv kengashi 2008
yil 25 iyun kuni soat 16-00da Toshkent viloyati, Qibray tumani, “O’n
qo’rg’on” shaharchasidagi “Salomatlik markazi” MChJ binosida kompaniya
aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishi o’tkazilishini
E‘LON
QILADI!
KUN
TARTIBI:
1.
“O`zneftmahsulot” AK Direktsiyasining kompaniyaning 2007 yilgi moliyaviy-xo’jalik
faoliyati to’g’risidagi, yillik biznes-reja, buxgalteriya balansi, foyda
va zararlar hisobining bajarilishi va 2008 yilgi vazifalar to’g’risidagi
hisobotini tasdiqlash.
2. “EKOAUDIT” MChJ tomonidan 2007 yil yakunlari bo’yicha tayyorlangan
auditorlik xulosasini, kompaniyaning 2008 yilgi asosiy auditorini va
auditorga to’lanadigan xizmat haqi miqdorini tasdiqlash.
3. “O`zneftmahsulot” AK ijroiya mahkamasining 2007 yilgi daromad va
xarajatlar smetasining bajarilishi to’g’risidagi hisobotni tasdiqlash
va “O`zneftmahsulot” AK ijroiya mahkamasining 2008 yilga mo’ljallangan
xarajatlar smetasini ko’rib chiqish.
4. “O`zneftmahsulot” AKning 2007 yilgi foydasini taqsimlash.
5. Kuzatuv kengashi raisining Kuzatuv kengashining 2007 yilda “O`zneftmahsulot”
AKni boshqarish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi hisobotini
tasdiqlash.
6. Taftish komissiyasi raisining “O`zneftmahsulot” AKning 2007 yil uchun
hisoboti va buxgalteriya balansi bo’yicha hisobotini tasdiqlash.
7. “O`zneftmahsulot” AK Kuzatuv kengashi tarkibiga o’zgartirish kiritish
va “O`zneftmahsulot” AK Kuzatuv kengashining yangi tarkibini tasdiqlash.
8. “O`zneftmahsulot” AK Tfaftish komissisining yangi tarkibini tasdiqlash.
9. “O`zneftmahsulot” AK Bosh direktorini va “O`zneftmahsulot” AK Direktsiyasi
a’zolarini 2008 yilga yollash to’g’risidagi mehnat shartnomasini uzaytirish
yoki to’xtatish haqida.
10. Kuzatuv kengashining 2007 yilning II-III-IV choraklari va 2007 yilning
I choragida qabul qilingan qarorlarini tasdiqlash.
11. Da’vo muddati tugaganligi munosabati bilan 2003 yil yakunlari bo’yicha
talab qilib olinmagan dividendlar bo’yicha qarzlarni hisobdan chiqarish.
Ro’yxatdan o’tish uchun pasport (jismoniy shaxslar uchun), xizmat guvohnomasi
(yuridik shaxslar uchun), shuningdek notarius tomonidan tasdiqlangan
ishonchnoma (aktsiyadorlarning vakolatli vakillari uchun) bo’lishi lozim.
Aktsiyadorlar umummiy yig’ilishida qatnashish huquqiga ega aktsiyadorlar
ro’yxati 2008 yil 23 may holatiga ko’ra tuzilgan.
Aktsiyadorlar quyidagi hujjatlar bilan tanishishlari mumkin:
kompaniyaning yillik moliyaviy-xo’jalik faoliyati to’g’risidagi hisobot;
Taftish komissiyasi hisoboti;
buxgalteriya balansi;
foyda va zararlar haqidagi hisobot;
auditorlik hulosasi;
“O`zneftmahsulot” AKni 2008 yilda rivojlantirish biznes-rejasi.
Aktsiyadorlarni ro’yxatga olish soat 15-00dan 15-45 gacha.
“O`zneftmahsulot” AKdagi muhim ma’lumotlar haqidagi xabar
•
Xabarning tartib raqami – 07
Reestrning yopilish sanasi
Emitent
tomonidan qaror qabul qilish sanasi: qimmatli qog’ozlar egalari ro’yxati
tuziladigan sana – 23.05.2008 y.
Qimmatli qog’ozlar egalari ro’yxati tuziladigan sana – 23.05.2008 y.
Kuzatuv kengashi bayonnomassini imzolash sanasi – 23.05.2008 y.
“O`zneftmahsulot”
AK KK kotibiyati
08.03.2008
y. Aktsionerlar
uchun ma’lumot.
“O’zneftmahsulot”
aktsiyadorlik kompaniyasi o’tgan yillar uchun hisoblangan dividendlarni
olmagan imtiyozli aktsiyalar egalari bo’lmish aktsiyadorlarini Toshkent
shahri, F. Xo’jayev ko’chasi, 143-uyda joylashgan manzilga murojaat
qilishlarini so’raydi.
Ma’lumot uchun telefon: 269-16-32, 269-04-72.
20.04.2007.
O'z ehtiyojlari uchun neft mahsulotlarini birja
savdolaridan xarid qiluvchi korxona va tashkilotlar diqqatiga ! !
!
“O'zneftmahsulot” AK va “O'zRTXB” OAJ quyidagilarni ma'lum qiladi:
O'zbekiston
Respublikasi rezidentlari hisoblangan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning
neft mahsulotlariga bo'lgan real va to'lovga qodir ehtiyojlarini ta'minlash
maqsadida 2007 yil 1 maydan e'tiboran neft mahsulotlari
bo'yicha barcha oldi-sotdi bitimlari (SPOT shartnomalari) faqat birja
kafolatli mexanizmidan foydalangan tarzda amalga oshiriladi.
O'zRTXBdagi
savdo natijasida sotuvchi va xaridorlarga shartnomaviy majburiyatlarning
bajarilishi bo'yicha birja kafolatlari mexanizmida xaridor tomonidan
tovar haqining 100 % to'lanishini va sotuvchi tomonidan tovarning
o'z vaqtida yetkazib berilishini aniq va so'zsiz ta'minlanishi nazarda
tutiladi.
Birja
savdosida qatnashuvchi ikkala tomon ham birjaning hisob-kitob va kliring
palatasida maxsus hisob raqami ochib, mo'ljallanayotgan oldi-sotdi
summasining kamida 2 foizi miqdoridagi pul mablag'ini depozitga qo'yishi
shart.
Birjaning
hisob-kitob kliring palatasi birja savdosi sub'ektlari o'rtasidagi
o'zaro hisob-kitob bo'yicha vakil bo'lib, uning vazifasi oldi-sotdi
qatnashchilarining o'z zimmalariga olgan shartnomaviy majburiyatlarini
so'zsiz bajarishlarini nazorat qilib borish, shuningdek, zarur hollarda,
zarar ko'rgan tomonlar foydasiga jarima jazolarini qo'llashdan iborat.
Jarima
me'yoriy xujjatlar tomonidan belgilangan mablag' summasini o'z majburiyatini
bajarmagan tomonning maxsus hisob raqamidan (tomonning ruxsatisiz)
chiqarib olish va ayni vaqtning o'zida bu summani zarar ko'rgan tomonning
maxsus hisob raqamiga o'tkazish yo'li bilan undiriladi.
Joriy
etilayotgan mexanizm mulkiy shaklidan qat'iy nazar barcha iste'molchilarning
qodir ehtiyojlarining istalgan vaqtda yetarli miqdorda neft mahsuloti
taklif etish orqali ta'minlanishini kafolatlaydi. Natijada iste'molchilarda
mazkur resurslarni ehtiyojlaridan ortiqcha xarid qilish zarurati yo'qolib,
korxonaning aylanma pul mablag'laridan foydalanishida qulaylik vujudga
keladi va ularning moliyaviy-xo'jalik faoliyatlari samaradorligini
oshirish uchun imkoniyat yaratiladi.
«
O'zneftmahsulot » AK tel.: 169-16-37