Tadbirlar
“O’zbekiston
neft va gazi” 12-xalqaro ko’rgazma va konferentsiyasi.
Joriy
yilning 13-15 may kunlari Toshkent shahrida "O’zbekneftgaz” MXK,
"ITE Exibitions & Conferences LTD" ITE Uzbekistan xalqaro
ko’rgazma kompaniyasi (Buyuk Britaniya va uning sho’’ba kompaniyasi)
ning rasmiy ko’magida 12-xalqaro “Neft va gaz” ko’rgazmasi bo’lib o’tadi.
Shuningdek, ko’rgazma doirasida uch kunlik ixtisoslashtirilgan konferentsiya
o’tkazish rejalashtirilgan.
“O’zbekiston
neft va gazi – OGU 2008” da dunyoning 15 davlatidan (Rossiya, Buyuk
Britaniya, Vengriya, Germaniya, Italiya, Koreya, Xitoy, Polsha, AQSh,
Frantsiya, Shvetsariya, Yaponiya va boshqalar) vakil bo’lib 200 dan
ortiq kompaniyalar ishtirok etadi. Ekspozitsion pavilonga 15000 kishi
tashrif buyurishi kutilmoqda.
02.05.2008 y. Muallif: "O’zbekneftgaz” MXK rasmiy sayti -
www.uzneftegaz.uz