
Biz
haqimizda
|
Kompaniyaning to’liq nomi:
“O`ZNEFTMAHSULOT” aktsiyadorlik kompaniyasi.
Qisqartirilgan nomi: “O`ZNEFTMAHSULOT” AK.
Pochta manzili va manzilgohi: 100125, O’zbekiston
Respublikasi, Toshkent shahri, Akademiklar shaharchasi, Do'rmon yo'li ko'chasi, 143-uy.
Rasmiy sayti: www.uzoilproduct.uz |
“O`ZNEFTMAHSULOT”
aktsiyadorlik kompaniyasi (keyingi o’rinlarda “Kompaniya”) O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1998 yil 11 dekabrdagi PF-2154-Farmoni,
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 dekabrdagi
523-sonli, 2003 yil 19 maydagi 225-sonli, 2003 yil 12 iyundagi 265 –sonli,
2003 yil 21 oktyabrdagi 460-sonli karorlari, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006 yil 21 avgustdagi PQ-446-sonli karori, O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 3 noyabrdagi 228-sonli
qarori, “O’zbekneftgaz” MXK Boshqaruvining 2003 yil 23 oktyabrdagi 22-sonli
qarori, O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasining 1999 yil
13 iyuldagi 139k-PO-sonli, 2000 yil 24 iyuldagi 118 k-PO-sonli, 2003
yil 10 iyuldagi 95 k-PO-sonli, 2004 yil 21 apreldagi 56 k-PO-sonli va
2004 yil 6 dekabrdagi 71 k-PO-sonli buyruqlari, “O’zbekneftgaz” MXK
Boshqaruvchilar kengashining 2006 yil 8 noyabrdagi 1-sonli qarori, O’zbekiston
Respublikasi Davlat mulki qo’mitasining 2007 yil 25 apreldagi 13 k-PO-sonli
buyrug’i asosida tashkil etilgan.
Kompaniya ochiq aktsiyadorlik
jamiyati hisoblanib, barcha yuridik va jismoniy shaxslar uning aktsiya
egalari (aktsiyadorlari) bo’lishi mumkin.
Kompaniya yuridik shaxs hisoblanib, mustaqil balansida hisoblanadigan
o’ziga tegishli alohida mulkka ega.
Aktsiyadorlarning Umumiy majlisi,
Kuzatuv kengashi va Direktsiya Kompaniyaning boshqaruv organlari hisoblanadi.
Kompaniya Kuzatuv kengashi bir yil muddatga saylanadigan 7 (etti) nafar
a’zo iborat.
“O`ZNEFTMAHSULOT”
AK kuzatuv kengashi a’zolari haqida ma'lumot
| T/R |
F.I.O. |
Ish
joyi va lavozimi |
| 1 |
Ismoilov
Jahongir G’ofurovich |
«O’zbekneftegaz»
MXK raisi o’rinbosari |
| 2 |
Aminov
Rinat Albertovich |
«O’zbekneftegaz»
MXK boshqarma boshlig’i |
| 3 |
Evtushenko
Olga Nikolayevna |
«O’zbekneftegaz»
MXK bosh mutaxassisi |
| 4 |
Soldatova
yelena Mixaylovna |
«O’zbekneftegaz»
MXK bosh mutaxassisi |
| 5 |
Ponomareva
Leyla Djabi qizi |
«O’zbekneftegaz»
MXK bosh mutaxassisi |
| 6 |
Zakriyayev
Ilxom Muzaffarovich |
O’zR
DMQ bo’lim boshlig’i |
| 7 |
Xan
Viktoriya Eleksovna |
O’zR
DMQ bosh mutaxassisi |
Kompaniya
Kuzatuv kengashi a’zolarining bir vaqtda Kompaniya tarkibida mehnat
shartnomasi (kontrakti) bo’yicha faoliyat ko’rsatishlariga yo’l qo’yilmaydi.
Kompaniyaning ijroiya organi - Kompaniya
Direktsiyasidir.
Kompaniya Direktsiyasining vakolatiga, aktsiyadorlar Umumiy yig’ilishi
va Kompaniya Kuzatuv kengashining mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalardan
tashqari, Kompaniyaning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir
barcha masalalari kiradi.
Kompaniya Direktsiyasi aktsiyadorlar
Umumiy majlisi va Kuzatuv kengashi qarorlari ijrosini tashkil etadi.
Kompaniya tarkibiga kirgan
unitar korxonalar va «Tasis - O’quv» markazi (filiallardan tashqari)
yuridik shaxslar hisoblanib, o’z faoliyatini Kompaniya Ustav jamg’armasiga
berilgan davlat mulkini xo’jalik jihatidan boshqarish asosida yuritadi.
Kompaniya faoliyatining asosiy vazifalari va yo’nalishlari quyidagilardan
iborat:
- uglevodorod xomashyosini (neft va gaz kondensatini) qayta ishlab,
O’zbekiston Respublikasi xalq xo’jaligi majmuini va aholisini neft mahsulotlari
bilan uzluksiz ta’minlash uchun yetarli miqdor va turdagi neft va gaz
mahsulotlari ishlab chiqarish;
- neft mahsulotlari va suyultirilgan gazni taqsimlov rejasiga binoan,
shu jumladan tranzit orqali, belgilangan tartibda yetkazib berish to’g’risida
shartnomalar tuzish, ularning tuzilishi va bajarilishi ustidan monitoring
olib borish;
- chet ellik investorlarni jalb etgan holda O’zbekiston Respublikasi
xududida va horijda qo’shma korxona hamda ishlab chiqarishlar tashkil
etish va ularni rivojlantirish;
- tizimni rivojlantirishning ustuvor muammolarini hal qilishga qaratilgan
ilg’or, ilmiy-texnikaviy va investitsion siyosatni olib borish, neft
mahsulotlari, gazni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va tarqatish
jarayonlarida yangi texnika va texnologiyalarni qo’llash, neft mahsulotlari
va gazning miqdor va sifat jihatidan saqlanishini, yong’in xavfsizligi
va xavfsizlik texnikasi, ekologiya talablariga rioya qilinishini ta’minlash,
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini tashkil qilish;
- tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish;
- ishlab chiqarish, tijorat va ilmiy-texnik faoliyatga sarmoyalar solish;
- kompaniya qatnashchilari bo’lmish mehnat jamoalarining ilmiy-texnik
yechimlari, mahsulotlarni standartlash va unifikatsiyalash, ishlab chiqarish
ekologiyasi hamda ijtimoiy dasturlari borasidagi strategiya va taktikalarini
shakllantirish;
- ishlab chiqarish samaradorligining oshirilishini hamda mahsulot va
xizmatlarning ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshligining oshirilishini
ta’minlash;
- neftni qayta ishlash zavodlari, unitar korxonalar va ularning filiallari,
AYoQSh va KAYoQShlarda mehnat
va atrof-muhit muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va yong’in xavfsizligi
ishlarini tashkil etish; “O`zneftmahsulot”
AK xodimlarini sinchiklab tanlash, joy-joyiga qo’yish, o’qitish, qayta
tayyorlash va ularning malakalarini oshirib borish.
Kompaniya o’z xo’jalik faoliyatini daromad olish, aktsiyadorlar va mehnat
jamoalarining moddiy hamda ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida
xo’jalik hisobi va o’zini-o’zi mablag’ bilan ta’minlash printsiplari
asosida yuritadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2006 yil 21 avgustdagi 446-qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2006 yil 3 noyabrdagi 228-sonli qaroriga binoan kompaniya
tarkibiga quyidagilar kiradi: “O`zneftmahsulot” AK markaziy apparati,
2 ta neftni qayta ishlash zavodi (Farg’ona va Buxoro neftni qayta ishlash
zavodlari), 23 ta neft baza (yuridik shaxslar), 43 ta filial, AYoQShlar,
6 ta kompleks avtoservis punkti, 2 ta ochiq aktsiyadorlik jamiyati –
“Neftta’minot” OAJ va “Koson” OAJ va 1 ta o’quv markazi (“Tasis-o’quv”
markazi, Toshkent. sh.).